MAKTAB Yetti yoshga toʻldim men, Maktab sari keldim men. Salo | BOLALARGA SHE’RLAR

Picture 1 from bolalarga_sherlar at 2021_08_16
MAKTAB

Yetti yoshga toʻldim men,
Maktab sari keldim men.
Salom maktab, jon maktab,
Quchog‘ingga ol, maktab.

Ozim yaxshi bolaman,
Eng a'lochi boʻlaman,
Ona Vatan dilbandi,
Istiqlol farzandiman.

Erkalik va sho‘xlikni
Tashlab keldim bog‘chaga.
Barcha o‘yinchog‘imni
Terib qoʻydim tokchaga.

Odob va tarbiyani
Oldim ota onamdan
Endi bilim koniga
Yuray shu ostonadan

Faqat «besh» baho bilan
Daftarimni toldiray,
Hur, goʻzal diyorimga
Munosib farzand boʻlay.
BOLALARGA SHE’RLAR

BOLALARGA SHE’RLAR

@bolalarga_sherlar
3.56K Obunachilar
Bolalar parvarishi Toifa
Bolalar uchun eng sara she'rlar kanaliga hush kelibsiz!