Get Mystery Box with random crypto!

ALISHER NAVOIY Alisher Navoiy buyuk shoir, katta olim va nihoy | BOLAJONLAR UCHUN

ALISHER NAVOIY
Alisher Navoiy buyuk shoir, katta olim va nihoyatda dono inson bo'lganlar. Alisher Navoiy Hirot shahrida tug'ilgan.
Alisher Navoiy siz kabi bolalik paytlaridayoq juda ziyrak, aqlli, odobli bola
bo'lgan ekan. Alisher uch yoshidan boshlab she'r, musiqa eshitishni nihoyatda
yaxshi ko'rgan. Otasi, onasi va tog'alari she'r o'qib berganida, u darhol yodlab
olgan ekan. Alisher 10 yoshligida Farididdin Attor
degan shoirning "Mantiq ut-tayr" nomli katta kitobini yoddan bilar ekan. Alisher nihoyatda aqlli va g'ayratli bola boiganligi uchun, otasi uni to'rt yoshga to'lganida maktabga beigan. Kichkina bo'lishiga qaramay, katta
bolalarni qoyil qoldirib, juda ham yaxshi o'qigan.
Biroq Alisherning Hirotda o'qishi uzoqqa cho'zilmadi. Chunki bu yerda urush, janjallar, har xil to'polonlar boshlanib ketdi. Shuning uchun ko'pgina oilalar boshqa joyga ko'chib keta boshladi. Alisherlar oilasi
ham ko'chib ketishga majbur bo'ladi.
Bolalar, u paytlarda samolyot, poyezd, mashinalar boimagan. Agar odamlar uzoq joylarga boradigan
boiishsa, tuyalarda, otlarda, aravalarda ketishgan. Alisherlarning oilasidagilar otda ketishgan. Yo'l uzoq,
havo issiq... shuning uchun ular kunduzi dam olib,
kechasi yo'l yurishgan. Bir kuni kechasi Alisher ot
ustida ketayotganida charchab, uxlab qolibdi. U otdan
yumshoqqina qum ustiga sirg'alib tushib ketibdi va uxlayveribdi. Karvondagilar buni bilishmay, ketishaveribdi.
Ertalab, quyosh chiqqanda Alisher uyqudan uyg'onibdi. Atrofga qarasa,
hech kim ko'rinmabdi. Alisher bir zum qo'rqib ketibdi, yuragi duk-duk
uribdi. Birdan o'z otini ko'rib qolibdi. U ketib qolmay, Alisherning uyg'onishini kutib turgan ekan. Alisher rosa xursand bo'lib ketibdi. U darhol otining
yoniga borib, uni mehr bilan silab-silab qo'yibdi. So'ng sinchkovlik bilan
qumlarga qarabdi. Otlarning izini qidiribdi. Otlar izi quyosh chiqadigan tarafga
cho'zilib ketgan ekan. Alisher ham otiga minib, ana shu izlar bo'ylab yo'lga tushibdi va omon-eson ota-onasining yoniga yetib boribdi.
Alisherning kichkinagina boiishiga qaramay, bu qadar dovyurak, aqlli,
bilag'on bola ekanligiga karvondagilar qoyil qolishibdi.
Urush-janjallar to'xtagach, Alisherlar oilasi ham Hirotga qaytib keladi. Alisher yana maktabda o'qishini davom ettira boshlaydi. Alisher darsdan keyin
juda ko'p kitob o'qir va ko'p she'rlarni yodlab olishga harakat qilar edi. Uning
o'zi ham she'rlar yoza boshlabdi. Lutfiy, Jomiy degan katta-katta shoirlar
Alisherning she'rlarini o'qib, uni rosa maqtashadi.
Alisher Navoiy o'z she'rlarida odamlarni yaxshilik qilishga, halol yashashga
chaqiradi. U yana o'z she'rlarida odamlar bir-birlari bilan urishmasa, tinchtotuv yashasa, bir-birlarini hurmat qilsa, yaxshi ishlasa, hamma narsa mo'lko'l bo'ladi deganlar.
Alisher Navoiy 60 yil yashagan. Ammo nihoyatda ko'p ajoyib kitoblar
yozganlar. Sizlar maktabga borganingizda o'qishni, yozishni o'rganasizlar va
Alisher Navoiy yozgan asarlarni maza qilib o'qiysizlar


https://t.me/joinchat/AAAAAEbYYhwzCWT47xnjag