Get Mystery Box with random crypto!

TAQSIM Bir kuni ikki bola ko'chada yurgan zamonda bir adad (do | BOLAJONLAR UCHUN

TAQSIM
Bir kuni ikki bola ko'chada yurgan zamonda bir adad (dona) yong'oq
topdilar. Biri aytdi: "Man olurman, awal man ko'rdim". Ikkinchisi: "Yo'q,
birodar, man olurman, yerda man ko'rdim", — deb ikkisi g'ovg'a qilib turar
edilar. Bir yigit kelub: "Ey, chirogiarim! Shoshmang, talashmang, man
sizlarga yaxshilab taqsim qilib berurman", — deb yong'oqni qo'llaridan olub,
ikki falla qilub, bir falla po'choqini birinchi bolaga berur, ikkinchi falla po'choqini
ikkinchi bolaga berur: "Mana, qolgani taqsim qilgan kishiga", — deb mag'zini
og'zig'a solub, jo'nab ketdi. Bolalar bo'lsa po'chog'ini ushlab, baqrayishib
qoldilar.
Hissa: ozga qanoat qilmagan ko'bdan qolur.


https://t.me/joinchat/AAAAAEbYYhwzCWT47xnjag