Get Mystery Box with random crypto!

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR /Oahiriddin Muhammad Bobur katta pod | BOLAJONLAR UCHUN

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
/Oahiriddin Muhammad Bobur katta podshoh, zo'r lashkarboshi, iste'-
dodli shoir, olim bo'lganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida
tug'ilgan. Uning otasi Umarshayx Mirzo Farg'onada hokim bo'lgan. Boburning
bitta opasi, ikkita ukasi va beshta singlisi bo'lgan. Bobur saroyda malakali
muallimlardan ta'lim olgan. U juda zehni o'tkir bola bo'lgan. She'r, musiqa
eshitishni yaxshi ko'rgan. Bulardan tashqari Bobur kamonda o'q otish va
qilichbozlikdan ham saboq olgan.
Bobur 12 yoshga kirganda Farg'ona viloyatining hukmdori bo'ladi. Albatta,
hukmdor bo'lish yosh Bobur uchun juda qiyin edi. Unga bu masalada onasi
Qutlug' Nigorxonim va "otaxon begi" Boboxon Alibek katta yordam berishgan 12 yoshida hukmdor bo'lgan Bobur umrining oxiriga qadar juda ko'p
urush va yurishlar bilan band bo'ladi. Bobur nihoyatda botir, jasoratli, pahlavon
sarkarda edi. U jang paytlarida doim eng oldinda borardi, qo'rqmasligi bilan
navkarlariga namuna ko'rsatardi. Shuning uchun navkarlari uni nihoyatda hurmat qilishar va unga o'xshashga harakat qilishardi.
Bobur faqat podshoh va zo'r lashkarboshigina bo'lib qolmay, balki buyuk
shoir, yozuvchi va olim hamdir. U 16 yoshidan boshlab she'rlar yoza boshlagan.
Bobur umrining yarmidan ko'prog'ini onayurtidan uzoqda — Hindistonda o'tkazadi. U tug'ilgan
vatanini nihoyatda sog'inib yashagan.
Bobur Hindistonda tug'ilgan vatanimning hidi,
nafasi kelib tursin deb, katta bir bog'ga Farg'onadan
olib kelingan olcha, o'rik, behi, gilos, olxo'ri, tok
va yana boshqa juda ko'p ko'chatlarni ektiradi.
Boburning ko'pgina she'rlarida Vataniga bo'lgan muhabbati, sog'inchi bilinib turadi. Bobur odamlarning
hayoti xafachilik bilan emas, xursandchilik, quvnoqlik bilan o'tishini, odamlar bir-biriga faqat yaxshilik qilishlari kerakligini orzu qiladi va o'z she'rlarida shular haqida yozadi.
Bobur tug'ilgan Vatanidan uzoq — Agra shahrida
47 yoshida vafot etadi. Bu inson umri uchun nihoyatda
qisqa vaqtdir. Undan bizga she'riy kitoblar, "Boburnoma", "Mufassal", "Harb ishi" va boshqa ko'plab
asarlar meros bo'lib qolgan.
Bolalar, sizlar maktabga borgach, o'qishni,
yozishni bilib olasizlar va xuddi Alisher Navoiyning kitoblari kabi Zahiriddin
Muhammad Boburning kitoblarini ham maza qilib o'qiysizlar. Ular juda-juda
qiziqarli yozilgan.


https://t.me/joinchat/AAAAAEbYYhwzCWT47xnjag