Get Mystery Box with random crypto!

IKKI ECHKI ir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonlarda ikki q | BOLAJONLAR UCHUN

IKKI ECHKI
ir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonlarda ikki qaysar echki bo'lgan
ekan.
Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi yakka cho'p ko'prik ustida uchrashib qolishibdi.
Ikkisidan biri yo'l berishi kerak ekan.
— Yo'l ber! — debdi biri.
— Sen yo'l ber! — debdi ikkinchisi.
— Seni deb orqamga qaytamanmi? — debdi birinchisi.
— Bo'lmasa, seni deb men orqamga qaytamanmi? — debdi ikkinchisi.
Shunday qilib, ikkalasi achchig'lashib suzishib ketibdi.
iKeyin birinchi echki uch qadam, ikkinchi echki uch qadam orqaga qaytib,
birdan bir-birlariga hamla qilishibdi. Shoxlari shoxlariga tegib, chaqmoq chaqqandek
bo'libdi. "Qars!" etgan ovoz dalani tutibdi.
Ikkala qaysar echki yumaloq-yostiq bo'lib anhorga ag'darilib ketibdi