Get Mystery Box with random crypto!

QIZG'ANCHIQ IT bor ekan, bir yo'q ekan, bir it bor ekan. U jud | BOLAJONLAR UCHUN

QIZG'ANCHIQ IT
bor ekan, bir yo'q ekan, bir it bor ekan. U juda ochko'z ekan.
Bir kuni shu it sheriklari bilan talashib, kattakon bir suyakni olib qochibdi.
U suv ustidagi yakka cho'pdan o'tayotsa, suvda bir it og'zida katta suyak
tishlab, ko'zlarini olaytirib itga tikilib turgan emish. It: "Ir-r, ir-r-r", — deb tishini
irjaytirgan ekan, suv ichidagi it ham
tishini iijaytiribdi.
Qizg'anchiq it uning og'zidagi suyakni
ham tortib o l m o q c h i b o ' l i b d i va
"Xap!" - deb itga tashlanibdi. "Xap"
deyishi bilan og'zidagi suyak o'zidan oldinoq "cho'lp" etib suvga tushib ketibdi.
Qizg'anchiq it rosa shalabbo bo'lib, suyagidan ajralib, suvdan chiqibdi.