Get Mystery Box with random crypto!

FAROSATSIZ ESHAK ir bor ekan, bir yo'q ekan, bir eshak bo'lgan | BOLAJONLAR UCHUN

FAROSATSIZ ESHAK
ir bor ekan, bir yo'q ekan, bir eshak bo'lgan ekan. U o'zini juda aqlli
deb bilar ekan. Kunlardan bir kun u bir bog'ga kiribdi. Qarasa, daraxtlarda
mevalar, polizda qovun-tarvuz-u qovoqlar pishib yotgan emish.
Eshak daraxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat bo'libdi.
Shalpang quloqlarini qimirlatib:
— Xudoyim-ku hamma narsani bilib yaratgan-a,
lekin ko'p narsalar borki, ularni boshqacharoq
qilib yaratish kerak edi-da, — debdi.
Daraxt shoxida o'tirgan chumchuq eshakdan:
— Qani, ayt-chi, senga bularning nimasi
yoqmadi? — deb so'rabdi.
— Ko'rmaysanmi? — debdi eshak, olma-qovoqlarga imo qilib. — Shunday katta daraxtlarning solgan
mevasini qara, bolalarning mushtumidan ham
kichkina. Endi anovi qovoqlarni ko'r, kallamday
keladi, nozik palaklarda ilinib turibdi...
— Hamma hikmat shunda-da, — debdi chumchuq.
— Bunda hikmat nima qiladi? — debdi eshak. —
Olmalar qovoqdek, qovoqlar olmadek bo'lsa, tuzuk bo'lardi.
Shunday deb, eshak olma daraxtiga surkangan ekan, bitta olma uzilib, "taq"
etib boshiga tushibdi.
Shunda eshak: — Voy, boshim yorilayozdi!.. — debdi.
Chumchuq kulib:
— Yaxshiyamki, olma qovoqdek emas, bo'lmasa miyangning qatig'ini chiqarib yuborardi, — debdi.
— Rost aytding, og'ayni! — debdi eshak va olma daraxti tagidan nari ketibdi.