Get Mystery Box with random crypto!

FIL BILAN XO'ROZ ir bor ekan, bir yo'q ekan, dakan Xo'roz bila | BOLAJONLAR UCHUN

FIL BILAN XO'ROZ
ir bor ekan, bir yo'q ekan, dakan Xo'roz bilan Fil bo'lgan ekan.
Kunlardan bir kun dakan Xo'roz Filning oldiga kelib, qattiq qichqiribdi:
— Qu-qu-qu-quv!
Fil hayron bo'lib: "Muncha chiranadi bu", — deb o'ylabdi. Xo'roz hammayoqni titib, cho'qib, don terib yeyaveribdi. Yana:
— Qu-qu-qu, quv-v-v! — deb qichqiraveribdi.
Uning ovozini eshitib: "Bir boplay buni", deb o'ylabdi Fil va unga qarab
shunday debdi:
— Kim ko'p ovqat yeydi, senmi yo menmi?
Xo'roz:
— Men ko'p yeyman! — debdi chiranib.
Ular "kim ko'p ovqat yer ekan", deb garov bog'lashibdi.
Fil juda ko'p ovqat yebdi, keyin to'yib uyquga ketibdi. Uyg'onib qarasa,
xo'roz hali ham donlab yurgan emish. Fil yana ovqat yeya boshlabdi. Ovqatni
yeb bo'lib, yana uyquga ketibdi.
Bir vaqt uyg'onib qarasa, kech bo'lib qolibdi. Xo'roz bo'lsa hali ham donlab
yurgan emish.
Don terib yeb, tez-tez:
— Qu-qu-qu! — dermish Xo'roz.
— Yeb to'ymas ekan-ku! — debdi Fil hayron bo'lib. — Bunaqa jonivorni sira ko'igan emasman.
Xo'roz garovda yutgach, o'zicha: "Filning
ustiga chiqib, bir t o m o s h a qilay", deb
o'ylabdi.
U pirr etib uchib, Filning ustiga chiqibdi.
Filning jon-poni chiqib ketibdi:
— Voy-dod! Meni yeb qo'yadi! — deb qichqiribdi-da, shu qochganicha o'rmonga kirib ketibdi.
iXo'roz bo'lsa uning orqasidan qarab, qanotlarini tapillatib:
— Qu-qu-quv! Men zo'rman! — deb qichqiribdi.