Get Mystery Box with random crypto!

Yulduzim, qunduzim, Ko'rar ko'zlarim. Hayotim davomi, Qolar so | BOLAJONLAR UCHUN

Yulduzim, qunduzim,
Ko'rar ko'zlarim.
Hayotim davomi,
Qolar so'zlarim.
* * *
Suv keladi g'ozi bilan,
Tilda quvnoq sozi bilan.
O'g'lim ovga ketadi
Asil ovchi - tozi bilan.
* * *
Suv keladi Maridan,
Maridanmas, naridan.
Mening qizim chiroyli
Maridagi paridan.
* * *
Simtepada bir qush bor,
Qanotida kumush bor.
O'ynab turgan ukamning
Kulishida bir ish bor.
* * *
Aylanayin oyimdan,
Kishnoqi shu toyimdan.
Baxtginamning ko'kida
Porlog'i shu oyimdan.