Get Mystery Box with random crypto!

Oymomo ko'chay, deydi, Oq uyni tutay, deydi. Oq uyning kanoras | BOLAJONLAR UCHUN

Oymomo ko'chay, deydi,
Oq uyni tutay, deydi.
Oq uyning kanorasi,
Ming tillo sadog'asi.
* * *
Oymomoxon — hulla,
Qanotlari — tilla.
Subhonollo sizga,
Umr bersin bizga.
* * *
Osmondagi oylarni
Oyna bilan to'xtatdim.
Yaxshi kiygan yigitlarni
Shu o'g'limga o'xshatdim.
* * *
Akbarjonim otlidir,
Sallasi gul xatlidir.
Ulug'lar nazar solsa,
Qo'li barakatlidir.
* * *
Akbarjonim shu joyi,
Bordir xolli toyi.
Kokillari tilloyi,
O'zim aylanay, iloyi.