Get Mystery Box with random crypto!

Oppoq, oppoq, oppog'im, Qo'zi yungi — qalpog'im. Hamma yomon d | BOLAJONLAR UCHUN

Oppoq, oppoq, oppog'im,
Qo'zi yungi — qalpog'im.
Hamma yomon deganda,
O'zginamning oppog'im.
* * *
Mening o'g'lim otlanadur,
Qushlari qanotlanadur.
Oq yuzlari so'lmasin,
Havolar bulutlanadur.
* * *
Mening o'g'lim o'lmasin,
Bog'ning guli so'lmasin.
Bog'ning guli so'lgandayam,
Mening o'g'lim o'lmasin.
* * *
Mani qizim oppoqqina,
Boshida zar qalpoqqina.
Kimlar shuni ko'rolmasa,
Ko'ziga sho'r tuproqqina.
* * *
Xayrijonim — nahori,
Bug'doy eksin bahori.
Chumchuq yesin donini,
Duo qilsin jonini