Get Mystery Box with random crypto!

'OPPOQ, OPPOQ, OPPOG'IM...' Erkalamalar * * * Gulijon o'zi-o'z | BOLAJONLAR UCHUN

"OPPOQ, OPPOQ, OPPOG'IM..."
Erkalamalar
* * *
Gulijon o'zi-o'zi,
Do'ppisi yo'rma do'zi.
Yo'rma do'zi yarashgan,
Buvisiga qarashgan.
* * *
Gulijon o'zi chaqqon,
Qoqi gulini taqqan.
Bir kulishi bor uchun
Oyijonisiga yoqqan.
* * *
Hamma gulni gul desam,
Qizil gulga o'xshamas.
Hamma qizni qiz desam,
Ra'noxonga o'xshamas