Get Mystery Box with random crypto!

Nega boylar boyib ketaveradi, kambag’allar esa aksincha? Sabab | Blog | Shoxida Bektemirova

Nega boylar boyib ketaveradi, kambag’allar esa aksincha? Sababi bitta! Ularning fikrlash tarzida:

1. Boylar bor pulni ko’paytirish haqida, sotish haqida o’ylashadi.
Kambag’allar esa pulni nimalarga ishlatishni o’ylaydi, ko’paytirishni emas.

2. Kambag’allar ilmga nisbatan “Barchasini o’zim juda yaxshi bilaman” degan kategoriyada fikrlashadi.
Boylar esa “Agar bu menga nimadadir yordam bersa, bu shunga arziydi” deb fikrlashadi.

3. Kambag’allar hamma narsani arzonga yoki bepulga olishni istashadi. Boshqalar xizmatidan bepul foydalanishni istaydilar.
Boylar esa “Hamma narsa pul turadi” degan kategoriyada fikrlaydi.

4. Kambag’allar doimo odamlar haqida gapirishadi. Kim nima qilgani va qayerga borgani haqida.
Boylar esa g’oyalar haqida suhbatlashadi. Kelajakdagi niyat va maqsadlar haqida suhbat qurishadi.

Instagram