Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim kreditini olish uchun banklarga quyidagi hujjatlar taqd | BIZNES NARVON 📊

Ta'lim kreditini olish uchun banklarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ta'lim krediti olish to'g'risidagi ariza (bankda to'ldiriladi);
to'lov-kontrakt shartnomasi (shartnomada o'qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to'lov miqdori ko'rsatilgan bo'lishi lozim) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (agar bo'lsa);
tijorat bankining kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo'yicha hujjat (kafillik yoki garov).

«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma ham talab etiladi.

«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo'yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

Ta'lim krediti ajratuvchi banklar ro'yxati Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Kanalga ulaning:
@biznesrejavateo