Get Mystery Box with random crypto!

​​ Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘quv xonalarida o‘qit | BIZNES NARVON 📊

​​ Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘quv xonalarida o‘qitish qiyin bo‘lgan quyidagi kasb yo‘nalishlarida “usta-shogird” an’analari asosida hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga yoki hunar o‘rgatayotgan (yoki o‘rgatmoqchi bo‘lgan) ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun — uch oy mobaynida har bir shogirdga (biroq, shogirdlar soni besh nafardan oshmagan holda) har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

Subsidiya quyidagi yo‘nalishlarga ajratilishi nazarda tutiladi. Bunda:

avtotyuning (avtomobillarga aksessuarlar va avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish);
maishiy texnikani o‘rnatish va ta’mirlash;
kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash;
video va fotosuratga olish;
mebellarni ta’mirlash va yig‘ish;
sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari;
kosmetolog xizmatlari;
multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ularga ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar);
dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis)

Manba: https://lex.uz/ru/docs/-6002834

Kanalga ulaning: @biznesrejavateo