Get Mystery Box with random crypto!

6 – 7-sinf ona tili oʻqituvchilari uchun tavsiya Bundan buyon | Shokir Tursun qarashlari

6 – 7-sinf ona tili oʻqituvchilari uchun tavsiya

Bundan buyon har bir mavzuda kamida bitta audiomatn mavjud. Siz ushbu audiomatnlarni qoʻyib eshittirishdan oldin oʻquvchilaringizni tinglash jarayoniga tayyorlashingiz lozim boʻladi. Bu juda ham oddiy:

oʻquvchilardan diqqatlarini jamlashni soʻrang;

hozir qanday audiomatn qoʻyib eshittirishingizni eʼlon qiling;

audiomatn asosida oʻquvchilarni qanday topshiriqlar kutib turganini ayting;

oʻzlari kerakli deb bilgan oʻrinlarni eslatma tarzida yozib olishlari mumkinligini tushuntiring.

Tayyorgarlik bosqichi yakunlangach audiomatnni qoʻyib eshittirish mumkin boʻladi. Oʻquvchilarning holatidan kelib chiqib audiomatnni bir yoki ikki marta qoʻyib berishingiz mumkin. Uch marta qoʻyib berishni tavsiya qilmaymiz.

Yuqoridagi tayyorgarlik bosqichini yil davomida har doim takrorlash shart emas, dastlabki audiomatnlarda qoʻllashning oʻzi oʻquvchilarda koʻnikmani shakllantirishga yetarli boʻladi. Keyinchalik, oʻquvchilarga tinglash jarayoniga tayyorgarlik koʻrishlarini lozimligini aytib 1 daqiqa vaqt berishning oʻzi yetarli boʻlib qoladi.

Audiomatnlarni qoʻyish uchun sharoitim yoʻq deyishdan oldin mana bu mavzuni oʻqib koʻring.

Omad!

P.S.: audiomatnlar tayyor boʻlishi bilan sizlarga yetkazamiz. Darslar boshlanishidan oldin hammasi yetkaziladi.

@birgap