Get Mystery Box with random crypto!

Menimcha hukumat talabalarga davlat granti ajratish tizimini b | Shokir Tursun qarashlari

Menimcha hukumat talabalarga davlat granti ajratish tizimini butkul qayta koʻrib chiqishi kerak. Menda 2ta taklif bor:

1. Davlat grantiga qabul qilish topshirganlar ichida eng yuqori ball asosida emas, oldindan belgilangan maʼlum ball evaziga boʻlishi kerak. Masalan, toʻplash mumkin boʻlgan ballning 90 foizi. Yaʼni Toʻplash mumkin boʻlgan ball 100 boʻlsa 90 dan yuqori olgan barcha grantga qabul qilinadi. Yoki sal oʻzgartirish mumkin. Grantga jami 5 ta oʻrin bor. Ular 90dan yuqori ball toʻplaganlar orasida taqsimlanadi. Biror yoʻnalishda hech kim shu ballni ololmasa, demak hamma kontraktda oʻqiydi.

2. Oʻquv yili davomida turli grantlar ajratib borish. Bu amaliyot Yevropa va AQSH davlatlarida ancha urfga kirgan. Universitetlar grantlarni bir yilga yoki bir semestrga beradi. Yaxshi oʻzlashtirishda, oʻzini koʻrsatishda davom etganlar keyingi yil ham grantni qoʻlga kiritishi mumkin boʻladi. Aksincha boʻlsa grant olib qoʻyiladi.

@birgap