Get Mystery Box with random crypto!

Bir shingil

Telegram kanalining logotibi bir_shingil — Bir shingil B
Telegram kanalining logotibi bir_shingil — Bir shingil
Kanal manzili: @bir_shingil
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 915
Kanalning ta’rifi

*Tafakkur kechinmalari

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-16 20:15:23 Sen o'qib berasan deb o'qimagan kitoblarimni o‘qishni boshladim..
707 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-08-15 09:49:15 #FIKRLOV

• Nigilistik tafakkur avvalo johillikdan, ko‘r-ko‘rona nigilistlik esa ochiqchasiga aql so‘qirligining oqibati.

• Darvoqe, insonga xos bo‘lgan fitratning barchasidan mosuvo bo‘lgan kimsadagina qadriyat bo‘lmaydi.

• Shu o‘rinda asl va aynigan qadriyatlarni farqlash lozim.
761 viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2022-08-15 03:22:41 Ilmning foyda bergani kishidagi martabani, oqillikni va Haqni tanishni qancha yuqori darajaga olib chiqsa, foyda bermagani ularni shuncha quyiga uloqtiradi. Foydasiz ilmda fahm darchalari yopilib boraveradi va "men dinni ilm deb bilmayman" deb mantiqsizlarcha mantiq qilmoqchi bo‘ladi. Mantiqniku to‘g‘rilasa bo‘ladi, ammo fahmni nima qilamiz?
885 views00:22
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:53:33 Asl fitrat va sof tabiatga qaytishni istar ko‘ngil..
775 views16:53
Ochish/sharhlash
2022-08-10 20:00:47 RANJIMASIN

(Abdurrahim Karako‘chdan o‘zlashtirma)

Soyasida mayli o‘tir,
Yaproq sendan ranjimasin.
Poklanib, so‘ng qabrga kir,
Tuproq sendan ranjimasin.

Bu yo‘l nozikdir, omon bo‘l,
Nafsing uchun eng yomon bo‘l,
Ismoilcha yot qurbon bo‘l,
Pichoq sendan ranjimasin...

Havolanma qo‘risalar,
To‘g‘ri so‘zla so‘rasalar,
O‘lsang kafan o‘rasalar -
Matoh sendan ranjimasin...

Oshig‘ing ko‘chgani mahal,
Dod desin kechganing mahal,
Suvidan ichganing mahal,
Buloq sendan ranjimasin...

Mahbubiy har mudom tik tur,
Dushmanga qarshi tetik tur,
Faqat ruku’da egik tur,
Xalloq sendan ranjimasin...

Soyasida mayli o‘tir,
Yaproq sendan ranjimasin.
Poklanib, so‘ng qabrga kir,
Tuproq sendan ranjimasin...

- Mahbubiy
1.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-08-10 10:12:31 - Kanalingizda postlarga reaksiya berishni yoqib qo'ying.
- Miyadagi sog‘lom reaksiya funksiyalari yoqilgan bo‘lsa kifoya.
854 views07:12
Ochish/sharhlash
2022-08-10 09:29:22 #Nafsimga_dars

Inson bilib olgan ilmini har joyda, har kishi yonida so‘zlayvermasligi kerak ekan. Hikmatni uni qabul qilmaydiganlar va qabul qila olmaydiganlar davrasiga tashlamang.

Q.X. Fikrlar kundaligi tut va qoralab bor.
866 views06:29
Ochish/sharhlash
2022-08-10 09:00:18
Ilmsiz holda axloqni tuzatish mumkin bo‘lmagan ishdir.

Imom G‘azzoliy
833 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-10 08:34:32 Na o‘zimiz ilm olamiz, na ilm oladiganlarni tinch qo‘yamiz...
743 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:04:52 "Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar" (39/9)
677 views14:04
Ochish/sharhlash