Get Mystery Box with random crypto!

RANJIMASIN (Abdurrahim Karako‘chdan o‘zlashtirma) Soyasida m | Bir shingil

RANJIMASIN

(Abdurrahim Karako‘chdan o‘zlashtirma)

Soyasida mayli o‘tir,
Yaproq sendan ranjimasin.
Poklanib, so‘ng qabrga kir,
Tuproq sendan ranjimasin.

Bu yo‘l nozikdir, omon bo‘l,
Nafsing uchun eng yomon bo‘l,
Ismoilcha yot qurbon bo‘l,
Pichoq sendan ranjimasin...

Havolanma qo‘risalar,
To‘g‘ri so‘zla so‘rasalar,
O‘lsang kafan o‘rasalar -
Matoh sendan ranjimasin...

Oshig‘ing ko‘chgani mahal,
Dod desin kechganing mahal,
Suvidan ichganing mahal,
Buloq sendan ranjimasin...

Mahbubiy har mudom tik tur,
Dushmanga qarshi tetik tur,
Faqat ruku’da egik tur,
Xalloq sendan ranjimasin...

Soyasida mayli o‘tir,
Yaproq sendan ranjimasin.
Poklanib, so‘ng qabrga kir,
Tuproq sendan ranjimasin...

- Mahbubiy