Get Mystery Box with random crypto!

Bir shingil

Telegram kanalining logotibi bir_shingil — Bir shingil B
Telegram kanalining logotibi bir_shingil — Bir shingil
Kanal manzili: @bir_shingil
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 915
Kanalning ta’rifi

*Tafakkur kechinmalari

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-20 21:33:05
O'zim sal jurʼatli, tavakkalchiroq
Yoqdim koʻnglingizga tavakkal chiroq.

Xayrulla Hamidov
525 views18:33
Ochish/sharhlash
2022-08-19 15:16:20 Mohiyat anglansa, to‘qima obrazlarga ham ehtiyoj qolmaydi.
611 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-08-19 14:56:21 ​Aytib qoldi:
- "Bir narsaga hayronmanda, nega rus adabiyotida, ayniqsa Dostoyevskiyda faqatgina DIN barcha muammolarning yechimi sifatida ko‘rsatiladiyu, bizning adabiyotimizda buning aksi".

Bir arava qilib javob berish mumkin. Bir hovuch qilib aytganda esa:
- Bichilgan adabiyot mohiyatni anglamaydi.
667 views11:56
Ochish/sharhlash
2022-08-18 08:12:10 Qalbga ilm berilmasa, o‘ladi

Fath Musaliy: «Kasalga obu taom berilmasa, o‘ladimi?» deb so‘radilar. Atrofdagilar: «Ha, o‘ladi», deyishdi. Aytdilar: «Qalbga ham uch kun ilm berilmasa, o‘ladi».

Darhaqiqat, shayx Musaliy rost gapirdilar. Zero, jasadning ozig‘i taom bo‘lganidek, qalbning ozig‘i va hayoti manbai ilmu hikmatdir. Kim ilmni boy bergan bo‘lsa, uning qalbi kasaldir, u qalb o‘limga mahkum, lekin o‘zi sezmaydi. Jarroh tig‘ini bemor kuchli qo‘rqinch tufayli sezmagani kabi, qalbning ham dunyoga muhabbat qo‘yishi va u bilan mashg‘ul bo‘lib qolishi undagi sezgi va qobiliyatni yo‘q qiladi. Qachonki o‘lim yetib, dunyo mashaqqatlari ustidan tushgan paytda o‘zini o‘zi halok qilganini his etadi, qattiq hasrat-nadomat chekadi, lekin u foyda bermaydi. Bu holat mastga mastlik paytida, qo‘rqqan kishiga xavf-xatar vaqtida yetgan jarohat alamini o‘ziga kelganda va xavf uzoq bo‘lganda sezgani kabidir.

Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"
727 views05:12
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:35:48 O‘lchoving qiyshiq bo‘lsa aqlingdan o‘pkalama.
676 views19:35
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:18:59 Islom deyilganda xayoliga birinchi bo‘lib "mehrobdan chiqqan chayonlar" keladigan insondanda tor fikrlisi bormi?

Sen Islomdan yechim izlasang, haqiqat izlasang asliga qara, mohiyat bulog‘iga qara, saodat asriga qara, ildizlariga qara, asl shaxslariga qara.

Mavlono aytganidek "...poklikdan nasibangni ol. Burningni go‘ngga tiqib, go‘ngqo‘ng‘izga aylanib qolma!"
1.3K views19:18
Ochish/sharhlash
2022-08-17 21:45:45 "Mehrobdan chayon" mutolaasi davomida yana bir fikr keldi:

Aksar vatandoshlar tafakkurida din xizmatida bo‘lgan, imom domlalarimiz haqidagi fikrlari qotib qolgan. Kitoblarda o‘qigan, tarix darslarida eshitgan, avvalgi siyosiy rejimlarning mafkurasining xosilasi o‘laroq salbiy tushunchalar shakllanib qolgan. Va ayniqsa kitobxon do‘stlarimizda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, ijobiy obrazda keltirilgan namunalarimiz juda-juda kam, faqat og‘ishgan shaxslar yoritilgan. Natijada na saodat asridan, na bugungi jarayonlardan bexabar insonlar "qora namunalar" bilan yashab yuribdi.

Bir mamlakatni parokanda qilish uchun ularning imomlari va rahbarini xalq zehniyatida behurmat qildirish kifoya..
641 views18:45
Ochish/sharhlash
2022-08-17 21:03:23 "Mehrobdan chayon"da ham qullikka tushib qolish sabablari yetarlicha keltirilgan deyiladi.
Sabablardan xulosa qilsak bizni mustamlaka qilishga hojat qolmagan ekan. Nafsimizga mustamlaka bo‘lib bo‘lgan ekanmiz. Mahv uchun shu yetib ortadi. Zotan, nafsiga qullar bilan shaytonning ham ishi bo‘lmaydi. Ularning halokati uchun nafsi kifoya...
648 views18:03
Ochish/sharhlash
2022-08-17 20:48:28 "Mehrobdan chayon" romanini o‘qish jarayonida mana bu hikoyat yodga tushdi.
588 views17:48
Ochish/sharhlash
2022-08-17 06:19:57 To‘ylarga ketadigan pulga kitob olib, oshlarga ketadigan vaqtga kitob o‘qib yuribman. Osmon uzilib yerga tushmayapti.
788 views03:19
Ochish/sharhlash