Get Mystery Box with random crypto!

'Mehrobdan chayon' mutolaasi davomida yana bir fikr keldi: Ak | Bir shingil

"Mehrobdan chayon" mutolaasi davomida yana bir fikr keldi:

Aksar vatandoshlar tafakkurida din xizmatida bo‘lgan, imom domlalarimiz haqidagi fikrlari qotib qolgan. Kitoblarda o‘qigan, tarix darslarida eshitgan, avvalgi siyosiy rejimlarning mafkurasining xosilasi o‘laroq salbiy tushunchalar shakllanib qolgan. Va ayniqsa kitobxon do‘stlarimizda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, ijobiy obrazda keltirilgan namunalarimiz juda-juda kam, faqat og‘ishgan shaxslar yoritilgan. Natijada na saodat asridan, na bugungi jarayonlardan bexabar insonlar "qora namunalar" bilan yashab yuribdi.

Bir mamlakatni parokanda qilish uchun ularning imomlari va rahbarini xalq zehniyatida behurmat qildirish kifoya..