Get Mystery Box with random crypto!

Bilim Dayjest - Terminologiya

Telegram kanalining logotibi bilimdayjestterminologiya — Bilim Dayjest - Terminologiya B
Telegram kanalining logotibi bilimdayjestterminologiya — Bilim Dayjest - Terminologiya
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57
Kanalning ta’rifi

Tadbirkorlik va ish yuritishga oid terminlariga berilgan qisqa va sodda tushunchalar!

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-19 18:58:33 Termin: O'zgaruvchan xarajatlar

Ta'rif:
O'zgaruvchan xarajatlar - ishlab chiqarish yoki sotish darajasiga mutanosib ravishda o'zgarib turadigan xarajatlarni o'z ichiga oladi.

Masalan:
- xom ashyo;
- ishlab chiqarish yoki sotishga bog'lik mehnat;
- qadoqlash xarajatlari;

Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan ortadi va ishlab chiqarish kamayishi bilan kamayadi.

Misol:
Agar kompaniya ko'proq mahsulot ishlab chiqarsa, u ko'proq xom ashyo sotib olishi va ko'proq to'g'ridan-to'g'ri mehnatga haq to'lashi kerak bo'ladi. Natijada, o'zgaruvchan xarajatlar ko'payadi. Aksincha, agar ishlab chiqarish kamaysa, o'zgaruvchan xarajatlar ham kamayadi.
58 views15:58
Ochish/sharhlash
2023-02-19 08:30:00 Termin: Nisha (Maxsus) bosor

Ta'rif:
Nisha bozori - bu mavjud ommaga mo'ljallangan mahsulot yoki xizmatlar tomonidan etarli darajada xizmat ko'rsatmaydigan, o'ziga xos ehtiyojlar, o'ziga xosliklarga ega bo'lgan bozor segmenti.

Misol:
Nisha bozoriga misol sifatida, umumiy bozorda mavjud bo'lmagan maxsus ozuqaviy qo'shimchalarni istemol qiladigan vegetarian sportchilar guruhi bo'lishi mumkin. Ushbu o'ziga xos guruhga mos keladigan kompaniyalar, ushbu bozor segmentini o'z reklama, brend va mijoz bilan munosabatlar orqali nishonga olishadi.
53 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-02-18 08:30:01 Termin: O'zgarmas xarajatlar

Ta'rif:
O'zgarmas xarajatlar - ishlab chiqarish yoki sotish darajasidan qat'iy nazar doimiy bo'lib qoladigan xarajatlarni o'z ichiga oladi. Masalan:
- ijara;
- ish haqi;
- sug'urta;
- mulk solig'I;

Misol:
Agar korxona ofis maydonini oyiga 5000 dollarga ijaraga olsa, ijara 100 dona yoki 1000 dona ishlab chiqarganiga qaramay, bir xil bo'lib qoladi.
61 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-02-17 08:45:03 Termin: Beziyonlik nuqtasi (Break Even Point)

Ta'rif:
Beziyonlik nuqtasi - bu biznes o'zining barcha xarajatlarini qoplash uchun keltirishi kerak bo'lgan daromadning minimal miqdori nuqtasidir.

Xizmat yoki mahsulotlarni sotish aynan ushbu nuqtaga miqdoriga yetganida, korxonalarga na foyda, na zarar ko'rmaydi.

Ushbu miqdordan bir mahsulot yoki xizmat birligi ortirilsa, korxona foyda keltira boshlaydi. Ushbu nuqtani aniqlash uchun aniqlash uchun Beziyonlik nuqtasi tahlili (Break Even Analysis) qilinadi.

Misol:
Shirin kulcha sotadigan nonvoyxona o'zining Beziyonlik nuqtasini topishi kerak:

- Nonvoyxonaning oylik umumiy xarajati 1000 dollarni tashkil etadi (ijara haqi, kommunal xizmatlar, masalliqlar va xodimlarning ish haqi uchun).
- Ular o'zlarining shirin kulchalarini har birini 1 dollardan sotadilar
- Harajatlar har bir shirin kulcha uchun 0.5 dollar turadi.
- $1000 / ($1 - $0.5)) = 2000
- Nonvoyxona har oyda 2000 dona shirin kulcha sotishi kerak.
- Beziyonlik nuqtasidan yuqori sotilgan har bir shirin kulcha, 2001chidan boshlab nonvoyxonaga 0.5$ foyda keltiradi.
62 viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2023-02-16 08:38:53 Termin: JIT - Ayni vaqtida (Just-in-Time) tushunchasi

Ta'rif:
JIT, yoki "Ayni vaqtida" tushunchasi - bu mahsulot faqat:
- kerak bo'lganda;
- aniq miqdorda;
- aniq sifatda;
- kerak vaqtida (ishlab chiqarishga yoki foydalanish uchun)
etkazib berishga qaratilgan ishlab chiqarish strategiyasidir.

JITning maqsadi, ishlab chiqarishni mijozlar talabi bilan moslashtirish orqali, omborlardagi mahsulotlar / inventerlar miqdorini va ishlab chiqarish natijasidagi chiqindilarni kamaytirishdir.

Misol:
JIT-dan foydalanadigan avtomobil ishlab chiqaruvchisi avtomobillarning katta miqdorini ishlab chiqarish o'rniga, faqat joriy mijozlar buyurtmalarini bajarish uchun zarur bo'lgan avtomobillar sonini ishlab chiqaradi.

Bu ularga saqlash xarajatlarini tejash va sotilmagan avtomobillarning omborda uzoq muddat turib qolishi xavfini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mijozlar talabining o‘zgarishiga tezda moslashish imkonini ham yaratadi.
62 views05:38
Ochish/sharhlash
2023-02-15 11:19:02 "Bilim Dayjest - Know - how" kanalimizda yangi post

https://t.me/bilimdayjestknowhow/10
62 views08:19
Ochish/sharhlash
2023-02-15 08:30:01 Termin: BOM - Materiallar ro'yxati (Bill of Materials)

Ta'rif:
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha materiallar va komponentlar ro'yxati, ularning miqdori va texnik xususiyatlari.

Misol:
Velosiped ishlab chiqaruvchisi velosipedni yig'ish uchun zarur bo'lgan barcha qismlar, jumladan:
- rama,
- g'ildiraklar,
- tormoz tizimi,
- tishli uzatmalar
- zanjir
ro'yxatini ko'rsatadigan BOM yaratadi.

BOM, shuningdek, zarur bo'lgan har bir komponentning miqdorini va o'lchamlar, materiallar va etkazib beruvchilar kabi boshqa tegishli tafsilotlarni belgilaydi. BOM ishlab chiqarish uchun barcha kerakli qismlar mavjudligini va tayyor mahsulotning talab qilinadigan texnik talablarga javob berishini ta'minlash uchun muhim vositadir.
56 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-02-14 08:30:01 Termin: SOP - Standart ish tartibi (Standard Operating Procedure)

Ta'rif:
Muayyan vazifa yoki jarayonni, doimiy va standart tarzda bajarish uchun, zarur bo'lgan bosqichlarni batafsil tavsiflovchi yozma va vizual qo'llanma / ko'rsatmalar to'plami.

Misol:
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya ishlab chiqarish muhitini toza va xavfsiz saqlash uchun sanitariya tartib-qoidalari bo'yicha SOPga ega bo'lishi mumkin. Ushbu qo'llanma barqaror sifatni ta'minlashga yordam beradi va oziq-ovqat bilan zaharlanish xavfini kamaytiradi.

Quyida, sodda namuna sifatida, uhlashga yotish jarayoni uchun "SOP":

1. Uyqudan 30 daqiqa oldin barcha elektron qurilmalarni o'chiring.
2. Kiyimlarni qulay uxlash uchun kiyimiga almashtiring.
3. Hojatga chiqib keling
4. Tahorat oling / Tishlaringizni va yuzingizni yuving.
5. Uhlash joyingizga yotib, yostiq va yopinchiqlarni o'zingizning. xohishingizga ko'ra sozlang.
6. Bir necha chuqur nafas oling va mushaklaringizni bo'shashtiring.
7. Fikringizni tozalashga harakat qiling va diqqatni tinchlantiruvchi fikr va o'ylarga qarating.
8. Ko'zlaringizni yuming va uyquga ketishga harakat qiling.
58 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-02-13 08:31:29 Termin: ERP - Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi

Ta'rif:
Tashkilotlarga turli biznes jarayonlarini boshqarish va avtomatlashtirishga yordam beradigan dasturiy ta'minot turi.

Misol:
Ishlab chiqarish korxonasi:

- ishlab chiqarish jarayoni;
- buxgalteriya hisobi;
- omborlarni boshqarish;
- xaridlar;
- xodimlarni boshqarish;
- buyurtmalarni boshqarish;
- mijozlar bilan pul va tovar aylanmasi munosabatlarini boshqarish;

kabi jarayonlarini avtomatlashtirgan bo'lib, o'z faoliyatini soddalashtirishi mumkin.

Jarayonlarni boshqarish uchun yagona platformaga ega bo'lish, samaradorlik va aniqlikni oshirishga, shuningdek, real vaqt rejimida kerakli ma'lumot va xisobotlarni ko'ra olish imkoniyatini berib, qaror qabul qilish imkoniyatlarini yaxshilashga olib kelishi mumkin.
59 views05:31
Ochish/sharhlash
2023-02-12 10:46:44 Termin: 4P yoki Marketing miks tushunchasi

Ta'rif:
Kompaniya mahsulot yoki xizmatni reklama qilish va sotish uchun foydalanadigan elementlarning kombinatsiyasi. 4P yoki Marketing miks tushunchasi 4ta asosiy elementlari Ingliz tilidagi quyidagi so'zlardan tashkil topgan:

- Product (Mahsulot)
- Price (Narx)
- Place (Joy / bozor)
- Promotion (Ommalashtirish / Reklama)

Misol:
"Ermak" brendi ostida faoliyat yuritadigan kompaniya, marketing miksining 4Psi dan quyidagi tarzda foydalanayotgan bo'lishi mumkin:

1. Mahsulot (Product): Mazali, yuqori sifatli va foydali qovurilgan kungaboqar urug’i (Pista).
2. Narx (Price): Mahsulot sifatini aks ettirish uchun, boshqa qovurilgan kungaboqar urug’i (Pista) mahsulotlariga nisbatan yuqori narx belgilash.
3. Joy (Place): Mahsulot sifati va foydaliligiga e'tiborli istemolchilar maqsadli bozoriga erishish uchun, supermarket va yaxshi sharoitli do'konlarda sotishga urg'u berish.
4. Reklama va ommalashtirish (Promotion): Brendni va mahsulotning o'ziga xos xususiyatlarini targ'ib qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar va sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi inflyuenserlar (blogerlar) reklamasidan foydalanishni tanlash.

Istalgan biznes natijalariga erishish uchun, ushbu marketing miksi kerak bo'lganda o'zgartirilishi mumkin.
61 views07:46
Ochish/sharhlash