Get Mystery Box with random crypto!

​ Termin: 4P yoki Marketing miks tushunchasi Ta'rif: Komp | Bilim Dayjest - Terminologiya

Termin: 4P yoki Marketing miks tushunchasi

Ta'rif:
Kompaniya mahsulot yoki xizmatni reklama qilish va sotish uchun foydalanadigan elementlarning kombinatsiyasi. 4P yoki Marketing miks tushunchasi 4ta asosiy elementlari Ingliz tilidagi quyidagi so'zlardan tashkil topgan:

- Product (Mahsulot)
- Price (Narx)
- Place (Joy / bozor)
- Promotion (Ommalashtirish / Reklama)

Misol:
"Ermak" brendi ostida faoliyat yuritadigan kompaniya, marketing miksining 4Psi dan quyidagi tarzda foydalanayotgan bo'lishi mumkin:

1. Mahsulot (Product): Mazali, yuqori sifatli va foydali qovurilgan kungaboqar urug’i (Pista).
2. Narx (Price): Mahsulot sifatini aks ettirish uchun, boshqa qovurilgan kungaboqar urug’i (Pista) mahsulotlariga nisbatan yuqori narx belgilash.
3. Joy (Place): Mahsulot sifati va foydaliligiga e'tiborli istemolchilar maqsadli bozoriga erishish uchun, supermarket va yaxshi sharoitli do'konlarda sotishga urg'u berish.
4. Reklama va ommalashtirish (Promotion): Brendni va mahsulotning o'ziga xos xususiyatlarini targ'ib qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar va sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi inflyuenserlar (blogerlar) reklamasidan foydalanishni tanlash.

Istalgan biznes natijalariga erishish uchun, ushbu marketing miksi kerak bo'lganda o'zgartirilishi mumkin.