Get Mystery Box with random crypto!

☆BEMINNAT SAVOLLAR☆

Telegram kanalining logotibi beminnat_savol — ☆BEMINNAT SAVOLLAR☆ B
Telegram kanalining logotibi beminnat_savol — ☆BEMINNAT SAVOLLAR☆
Kanal manzili: @beminnat_savol
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.43K
Kanalning ta’rifi

Rasmiy guruh @mini_igra
Kanalimizda siz:
✍savollarga javob yo‘llashingiz
✍o‘z savollaringizni berishingiz
♦️ turnirlarda qatnashishingiz mumkin.
Reklama bo‘yicha Admin(ka)larga murojaat qiling.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 05:30:06
​​Ўттиз бирга тўлган ўктамим Ватан,
Номинг тилгинамда хуштаъмим Ватан!
Не асрлар аро бузилмас қўрғон,
Муштини бир урган бирдамим, Ватан!

Энди кучга тўлган норғўл инимсан,
Ўзинг ифтихорга лиммо дилимсан.
Дунёни лол этган Шамсиддинимсан,
Жавоҳир, Нодирим, Рустамим Ватан!

Ўлмасбек Самарқандий.



@beminnat_savol
127 views𝑨𝒅𝒉𝒂𝒎 𝑸𝒐‘𝒛𝒊𝒃𝒐𝒚𝒆𝒗, edited  02:30
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:09:40
Марям онамиз қайси пайғамбар қўлида тарбия топган?
Anonymous Quiz
17%
Иброҳим алайҳиссалом
20%
Мусо алайҳиссалом
63%
Закариё алайҳиссалом
35 voters102 views𝙄𝙨𝙢𝙞𝙜𝙪𝙡 , 02:09
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:08:17
Шу холани юзини кўролмай бутун ёшлигим ўтиб кетган...

@beminnat_savol
99 views𝙄𝙨𝙢𝙞𝙜𝙪𝙡 , 02:08
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:07:48 ​​Hech qachon qadrlanmaydigan ikki toifadagi odamlar bor: aytilgan ishni bajara olmaydigan odamlar va aytilgan ishnigina bajaradiganlar.

ⓒ Sayrus Kertis

@beminnat_savol
98 views𝙄𝙨𝙢𝙞𝙜𝙪𝙡 , 02:07
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:43:32
КУЗ КЕЛДИ ДЎСТЛАР!

Мана юртимизга куз фасли ҳам кириб келди!

Соя-салқин жой қидиришлар, муздек-муздек сув ичишлар йўқ энди.

Ҳар фаслнинг ҳам ўз гашти, чиройи, таровати бор.

Энди болажонлар ўқишга мактабга, олийгохларга ошиқади.

Энди Юртимиз бойлиги бўлган пахта йиғим-терими бошланади.

Бу йил, шу фаслда Ўзбекистон Республикаси Президентлигига сайлов бўлади.

Қизғин ой бўлади хуллас! Бир қанча қизиқарли ҳангомалар кутмоқда бизни олдинда.

Бу рўйхатни узоқ давом эттириш мумкин, хай майли...

Барчамизга байрамлар муборак бўлсин!

@beminnat_savol
87 views𝙄𝙨𝙢𝙞𝙜𝙪𝙡 , 01:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:43:05 Adoying boʻlgaymiz seni Oʻzbekiston
Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston
Fidoying boʻlgaymiz seni Oʻzbekiston
Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston!

@beminnat_savol
82 views𝙄𝙨𝙢𝙞𝙜𝙪𝙡 , 01:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:42:53


МУСТАҚИЛЛИГИМИЗ 31-ЁШДА!



Ассалому алайкум қалби қайноқ, меҳри дарё, юраги ватан ишқи жўш урган, азиз ватандошим...

Барчангизни энг улуғ, энг азиз байрам Мустақиллигимизнинг 31- йиллик тўйи билан табриклайман.

Илойим юртимиз тинч , ёки осмонимиз мусаффо , дастурхонларимиз доимо тўкин бўлсин. Уйимиздан қут- барака аримасин. Нуронийларимиз ҳамиша иззатда юришсин. Фарзандларимиз илмли , салоҳиятли бўлиб , нафақат юртимиз, балки жаҳон саҳнларида ҳам юзимизни ёруғ қилиб , жонажон ватанимиз байроғини янада юксакларга кўтаришсин

Байрамингиз муборак бўлсин!


@beminnat_savol
87 views𝙄𝙨𝙢𝙞𝙜𝙪𝙡 , 01:42
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:05:39
87 viewsSh M, 01:05
Ochish/sharhlash
2022-09-01 03:46:54
89 viewsSh M, 00:46
Ochish/sharhlash
2022-09-01 03:45:19 Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.

                  (Jorj BAYRON, ingliz shoiri)

Anchadan beri Vatan haqida yozishga urinaman. Biroq, hech narsa chiqmayotganga o‘xshaydi. Qoralamalarim qoralama holida qolib ketaveradi. O‘ylasam, Vatan haqida yozish juda qiyin ekan. Negaki, Vatan bizga Alloh tomonidan berilgan eng buyuk ne'mat bo‘lib, u haqda har qancha yozsang ham yana qaysidir jihatlari qolib ketayotganday, go‘yo misralar ojiz, rangsiz, g‘aribday tuyulaverarkan. Vatan haqida aytmoqchi bo‘lganlaring esa, behisob. Shunchalar ko‘pki, hisobdan adashib ketasan kishi...
Xalqimiz odatda Vatan so‘ziga Ona so‘zini qo‘shib talaffuz qiladi: Ona vatan. Bu Vatanning onaday aziz, mehribon, jonkuyarligiga ishora bo‘lsa kerak-da. Axir inson uchun onadan azizroq kishi bormi? Jismu jon ato qilib, yana boshimizda tunlarni bedor o‘tkazgan zotdan, a? O‘ziga bori zahmatlarni olib, rohatni farzandiga ilinganini ta'riflashga har qancha "mehribon" degan so‘z kamlik qilmaydimi? O‘zga jon uchun, uning baxti, kamoli, ertangi kuni deb kerak bo‘lsa, o‘z jonidan ham kechadigan yana kim bor olamda?! Aslida esa, mana shu tuyg‘u, tasavvur, rishta, shuncha mehrning hammasi Vatanning bir parchasi, bir bo‘lagi xolos...
... Vatanga muhabbat so‘zda emas, amalda isbot qilinadi, deydilar. Demak, har birimiz uni sevish barobarida ko‘z qorachig‘idek asrashimiz, e'zozlashimiz, turli zararli g‘oya va nag‘malar oldida hamisha hushyor turishimiz, bir-birimizni ham shunga da'vat etishimiz lozim. Shundagina Vatandan rizolik topamiz. Mana shu rizolikning o‘zida ne-ne hikmat mujassam. Zero, Vatan – onaday muqaddas ma'vo.

Faxriddin PARPIYeV, jurnalist.
218 viewsSh M, edited  00:45
Ochish/sharhlash