Get Mystery Box with random crypto!

AQShning Nyu-York shahrida 2017-yil 31-oktyabr kuni terakt ama | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

AQShning Nyu-York shahrida 2017-yil 31-oktyabr kuni terakt amalga oshirib, 8 nafar kishini oʻldirgan oʻzbekistonlik Sayfullo Soipov 13-mart kuni AQSh federal sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda AQSh Adliya departamenti ma’lum qildi.
Soipov Sayfulla Xabibulayevich Toshkent moliya institutini tamomlab Toshkentdagi mehmonxonalardan birida hisobchi lavozimida ishlagan.
AQShga ketguniga qadar jinoiy javobgarlikka tortilmagan va huquqni muhofaza qilish organlari eʼtiboriga tushmagan.
2010-yilda Soipov grin-karta lotoreyasini yutib oladi va shu yilning oʻzida AQShga ketadi. Soʻnggi bir necha yil davomida u oʻsha yerda vaqtincha yashab kelayotgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan ayol bilan sharʼiy nikohda boʻlgan.
Oʻtgan vaqt ichida Soipov biror marta Oʻzbekistonga kelmagan va Toshkentda yashayotgan ota-onasi bilan uchrashmagan.
“Sayfullo Soyipov sakkiz odamning qotili va yana koʻplab oilalarni cheksiz uqubatda qoldirgan shaxs. Bu dahshatli terror hujumi.
U ISHIDga sodiq ekani va aynan mana shu terrorchilik guruhiga kirish uchun bu ishlarni amalga oshirganini hujum paytida ham va butun sud davomida aytib turdi”, — dedi Federal prokuror Demiyen Uilyams.
Soyipov hujumni ijaraga olingan yuk mashinasida qilgan. U Nyu-York markazidagi koʻchada yoppasiga 20 kishini bosib ketgan. Jarohatlanganlar orasida tana aʼzolaridan ayrilgan, ruhan va jismonan nogiron boʻlib qolganlar, xususan, 14 yoshli oʻsmir ham boʻlgan.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!