Get Mystery Box with random crypto!

Bebbo

Telegram kanalining logotibi bebbo202 — Bebbo B
Telegram kanalining logotibi bebbo202 — Bebbo
Kanal manzili: @bebbo202
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.34K
Kanalning ta’rifi

Xush kelibsiz, hurmatli ota-onalar! Bebboni kashf eting - unda farzandingiz rivojlanishiga ota-ona sifatida yordam berishingiz uchun hamma narsa bor
Bu link orqali malumot
ADMIN Doktir Degani emas!!!
almashishingiz : https://t.me/bebbo2022

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-01-06 06:55:31
10—15-январ кунлари мамлакатда -27 даражагача бўлган даҳшатли совуқ ва қор ёғиши кутилмоқда.

Бундай ҳолат 1969 йилда ҳам кузатилган эди. Ўша пайтдаги Тошкентнинг тарихий суратлари.

https://t.me/bebbo202
479 viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2023-01-06 06:47:33
#mini_maslahat

Chaqaloqning qusishiga asosiy sabab:

Chaqaloq emayotganda havoni yutib oladi shuning uchun oshqozon havo chiqarish mobaynida sutni ham chiqarib yuboradi;

Sutni tez-tez shoshib ichgan bolaning qorni to'lib ketgan bola ovqatni qayd qilib yuboradi.

Emib bo'lgan bolaning qorniga yotqazsa yoki uni sakratib o'ynatsa oshqozoni qo'zg'alib sutni qayd yuboradi.

Quyidagi holatlarda bolaning qusishi muammo bo'lib, darhol vrachga murojaat etishini talab qiladi:

Bola og'irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmayapti;

Qusish soni va miqdori oshib bormoqda;

Qusish darajasi kuchaymoqda (fontan bo'lib otilib chiqmoqda);

Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to'q sariq;

Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og'riyotgandek sezilmoqda;

Bola ovqatlanish jarayonida doim qaqalib, yo'talmoqda.

https://t.me/bebbo202
267 viewsedited  03:47
Ochish/sharhlash
2023-01-06 06:42:27 YOSH ONALAR FOYDALI 10 MASLAHAT

Kichkintoyingizni parvarish qilar ekansiz, har doim o‘z-o‘zingizga savol berasiz: men hammasini risoladagidek bajaryapmanmi? Kichkintoy esa kundan-kun yangi qiliqlar chiqarib, sizni bu haqda takror-takror o‘ylashga, ikkilanishga majbur qiladi. Shunday paytlarda, o‘z vaqtida berilgan maslahat oltinga teng bo‘ladi! Quyida oliy toifali pediatr shifokor Hamroyeva Marziya Ashurovna har bir yosh ona bilishi lozim bo‘lgan masalalarga e’tiborni qaratadi.

1. Kichkintoyni bolalar kosmetikasiga «ko‘mib tashlamang!»

«Mehribon» onalar kun davomida bolalari terisiga nimalarni surishmaydi-ya! Bolalar uchun krem, yog‘, upa, antibakterial xususiyatlarga ega sovunlar, maxsus suyuqliklar shimdirilgan salfetkalar… Agar bola 3 oylik bo‘lgan bo‘lsa, unda bo‘g‘imlar «pishishi» va diatez (teri yallig‘lanishi) kuzatilmaydi. Bolakay uchun maxsus kosmetikaning hojati yo‘q, kundalik cho‘miltirish va havo vannalarining o‘zi yetarli. Har qanday holatda ham bola terisiga me’yordan ortiq yog‘ yoki krem surmang, ular me’yorda surilgach, bolani tagliklarga o‘rab-chirmab tashlamang, yog‘ yoki krem ma’lum muddat ichida teriga so‘rilishi lozim. Aks holda, so‘rilmagan massa taglik teshikchalarini to‘sib qo‘yadi va uning namlikni tutish xususiyatiga putur yetadi, teri muammolari ham kuchayadi.

2. Bolani aravacha bilan birga zinadan olib tushmang!

Bu siz uchun xavfli bo‘libgina qolmay, bola uchun ham katta xavf tug‘dirishi mumkin. Ko‘p qavatli uylarda lift yo‘qmi yoki vaqtincha ishlamayaptimi? Unda kichkintoy bir muddat uyda qolgani ma’qul. Faqat, uni shunday «joylashtirib» qo‘yingki, u yiqilish yoki polda umbaloq oshishga imkon topolmasin. Aravachani bir qo‘lda, qiyshaytirib tutmang, ikki qo‘lda oldinga qarab haydaganingiz ma’qul. Bunda vazn muvozanatda bo‘lishiga e’tibor bering. Shundagina kichkintoy xavfsiz bo‘ladi, siz ham bel og‘rig‘idan shikoyat qilmaysiz.

3. Terlashiga yo‘l qo‘ymang!

Bola yig‘laganda, injiqlik qilganida, qo‘rqqanida yoki o‘ta xursand bo‘lganida, ter munchoqlariga ko‘miladi. Sog‘lom, emizikli bola esa issiq sharoitda ham deyarli terlamaydi, undan sutning yoqimli hidi kelib turadi. Ilk yoshlarida uning ter bezlari yaxshi shakllanmagan bo‘ladi va to‘liq ish faoliyatida bo‘lmaydi. Agar siz uni ob-havoga mos kiyintirgan bo‘lsangiz, issiqlashi ehtimoldan yiroq, lekin uning ko‘ylakchalari ho‘l bo‘lsa, pediatrga murojaat qilganingiz ma’qul. Bu asabning ter ajratish muvozanati buzilganidan darak beruvchi raxit kasalligi belgisi bo‘lishi mumkin.

4. Bolalar xonasidagi tungi chiroqni o‘chiring!

Ko‘pincha, onalar bolalar xonasida tungi chiroq yoki qandilga mahkamlangan maxsus moviy rangli chiroq yoqib qo‘yishadi. Bu bolalarni tinchlantiradi va bolaning ko‘zlariga uyqu kelishiga yordam beradi, deb hisoblanadi. Biroq, doimiy notabiiy nur bola organizmida bioritmlarni nazorat qiluvchi va tetiklikni saqlovchi melatonin gormoni faoliyatini susaytiradi. Natijada, biologik soatlar davomiyligi buzilib, bola o‘zini yomon his qila boshlaydi, kunduzi injiqlanadi, tunda yaxshi uxlolmaydi.

5. Bolaga ichiradigan suvga shakar qo‘shmang!

Birinchidan, siz maqsadga yetolmaysiz: shirin suyuqliklar chanqoqni yaxshi qondirmaydi. Ikkinchidan, bolani ilk yoshidanoq shirin ta’mga o‘rgatib qo‘yasiz, u oddiy suvni ichishdan qattiq bosh tortadi. Uchinchidan, uning shakarni parchalovchi oshqozon osti beziga bosim tushib, diabetga moyillik ko‘rsatkichini oshirasiz.

https://t.me/bebbo202
254 views03:42
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:48:56
#Тезкор

Тошкент вилоятида Док-1 Макс дори воситасини истеъмол қилган 2 ёшли бола вафот этди.

Ҳурматли ота-оналар Док-1 Макс дори воситасини уйингизда бўлса зудлик билан йўқ қилинг!

Хали кўпларни хабари йўқ экан бу дори захарли эканлиги хақида

https://t.me/bebbo202
304 views05:48
Ochish/sharhlash
2023-01-04 19:12:45
Bolalarda bosh ichi bosimi oshishi(cherepnoy davleniya) belgilari

Yosh bolalarda bu kasallik qanday namoyon bo'ladi?

Afsuski, go'daklar ota-onalariga o'z tuyg'ulari haqida xabar bera olmaydi, shuning uchun ota-onalar miya ichi bosimi oshishining bilvosita alomatlariga asoslanishlari kerak bo'ladi.

Bunday alomatlarga quyidagilar:

Holsizlik;
Yig'i;
Yomon uyqu;
Qayt qilish;
Tutqanoqlar;
Ko'zlarning beixtiyor harakatlari;
Liqildoqning shishishi va pulsatsiyasi;
Bosh o'lchamining kattalashishi (gidrosefaliya);
Mushaklar tonusi notengligi - mushaklarning bir qismi tarang, boshqa qismi bo'shashgan bo'ladi;
Tomirlar to'rining bosh terisi ostidan bo'rtib turishi.

https://t.me/bebbo202
293 viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2023-01-04 17:23:15
Farzandingizga ich kiyimni toʻgʻri tanlashni bilasizmi?

Oʻgʻil bolalar uchun ich kiyimni toʻgʻri tanlash juda muhim. Doimiy ravishda tor va qisib turadigan Ich kiyimlardan foydalanish turli nojoʻya taʼsirlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Ular:

qon aylanishining buzilishi;
tuxum buralib qolishi (perekrut);
jinsiy aʼzolarda haroratning koʻtarilishi;
doimiy sust ogʻriq;
tuxumlar oʻsishining sustlashishi;
bora-bora sperma sifatining buzilishi;
bepushtlik

Shuning uchun ham bolalarga, ayniqsa oʻgʻil bolalarga keng va paxtali matolardan tayyorlangan ich kiyimlar tanlash kerak. Bu tavsiya kattalar uchun ham amal qiladi.

https://t.me/bebbo202
314 viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2023-01-04 09:35:21 Болани бешикда ухлатаётганда айрим коидаларга катъий риоя килинг!

Болани хар 3-4 соатда бешикдан 30-40 минутга ечиб танаффус қилиб туринг.

Боланинг кун бўйи, узлуксиз бешикда ётиши зарарли. Куз ва қиш ойларида бола терисига ёруғлик тушиши камаяди. Оқибатда D витамини етишмовчилиги ривожланиши мумкин.

Боалани бешикда енгилроқ боғлашга этибор беринг.
Боланинг қўл-оёқларини сиқиб боғлаш ўз навбатида қон айланишни бузилишига олиб келади.

Кун давоми узоқ етқизишдан сақланг. Орада тез-тез кўтариб хам туринг.
Болани узоқ ётиши ҳисобига бошининг энса қисмида деформациялар юзага келиши мумкин.

Бешикни унг ва чап томонларига ўтиб бир хилда эмизиш керак.
Бешикда болани доимий бир томонлама эмизиш қийшиқ бўйинликка сабаб бўлиши мумкин.

Сумак ва тувакларни тез тез ювиб туринг.
Сумакдан фойдаланишда гигиена қоидаларига риоя қилинмаса, жинсий аъзолардаги инфекцион касалликларга сабаб бўлиши мумкин.

Бешикни охиста тебратинг, бола боши холати қулай бўлиши керак.
Бешикни қаттиқ ва тез тебратиш марказий асаб тизимидаги жиддий муаммоларга сабаб бўлиши мумкин.

https://t.me/bebbo202
289 views06:35
Ochish/sharhlash
2023-01-03 19:09:48
Kaltsiy haqida..

#soragan_edingiz

Kalsiy yetishmovchiligining oldini olish uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?
Pishloq tarkibida qo‘shimcha fosfor mavjud bo‘lib, kalsiy so‘rilishi uchun yordam beradi.
Qatiq, smetana va boshqa sut mahsulotlari tanani nafaqat kalsiy bilan, balki oqsil bilan ham to‘yintiradi.
Dukkakli mahsulotlardan loviya, no‘xat, ular tarkibida kletchatkalar, temir, magniy va kaliy ham bor.
Qo‘ziqorinlar, yong‘oq, xandon pista, ayniqsa, bodom tarkibida kalsiy miqdori ko‘p.
Kunjut urug‘lari, tuxum, o‘rik turshagi, mayizlar ham kalsiyga boy mahsulot sanaladi.
Sabzavotlardan piyoz, sabzi, sholg‘om;
mevalardan olma, sitrus mevalar, uzum; poliz ekinlaridan qovun, qovoqlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Аlbatta, faqat oziq-ovqatlar hisobiga barcha yetarli kalsiy moddasini qondirish mumkin emas.
Kalsiy moddasini organizmga so‘rilishini yaxshilash maqsadida vitamin D3 bilan birgalikda yoki dori tarkibida bo‘lsa, juda yaxshi natija beradi.

https://t.me/bebbo202
284 views16:09
Ochish/sharhlash
2023-01-02 17:10:43
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:

Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

https://t.me/bebbo202
294 viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash