Get Mystery Box with random crypto!

BBA | Sirdaryo viloyati

Telegram kanalining logotibi bbasirdaryo — BBA | Sirdaryo viloyati B
Telegram kanalining logotibi bbasirdaryo — BBA | Sirdaryo viloyati
Kanal manzili: @bbasirdaryo
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 742
Kanalning ta’rifi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz!
Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-28 11:45:41 Agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etildi.

Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
100 views08:45
Ochish/sharhlash
2023-02-28 09:50:30 Hurmatli abituriyentlar! Diagnostik testlar orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘ring


Repetitsion-diagnostik test sinovlari o‘quvchilar (abiturientlar)ga nima beradi?

o‘quvchilar (abituriyentlar) o‘zining bilimini oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarigacha sinovdan o‘tkazib boradi;

oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga o‘zini ruhan tayyorlab boradi;

javoblar varaqasini to‘gʼri rasmiylashtirish tartibini o‘rganadi;

test savollari tuzilishi metodikasini o‘zlashtirib boradi;

test natijasi asosida noto‘gʼri deb topilgan savollar ustida qayta ishlaydi va o‘z bilimini mustahkamlab boradi.

Hurmatli abituriyentlar va bitiruvchi yoshlar!

Siz ham oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik koʼrishni va bilimingizni sinovdan o‘tkazib borishni istaysizmi?

Unda sizga, Bilim va malakalarni baholash agentligining my.dtm.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib repetitsion-diagnostik test topshiriqlariga buyurtma berishingizni tavsiya etamiz.

Vaqt kutib turmaydi…

@bbasirdaryo
116 views06:50
Ochish/sharhlash
2023-02-28 08:43:36
Joylarda uchrashuv va diagnostik testlar bo'lib o'tmoqda

Bugun, 28-fevral kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati vakili A.Baxromov tomonidan Xalima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan so‘ng o‘quvchilardan repetitsion-diagnostik test sinovlari ham o'tkazildi.

Diagnostik testlarga buyurtma berish https://my.dtm.uz/login

Kanalga a'zo bo'lish
@bbasirdaryo
164 views05:43
Ochish/sharhlash