Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli abituriyentlar! Diagnostik testlar orqali o‘z bilimin | BBA | Sirdaryo viloyati

Hurmatli abituriyentlar! Diagnostik testlar orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘ring


Repetitsion-diagnostik test sinovlari o‘quvchilar (abiturientlar)ga nima beradi?

o‘quvchilar (abituriyentlar) o‘zining bilimini oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarigacha sinovdan o‘tkazib boradi;

oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga o‘zini ruhan tayyorlab boradi;

javoblar varaqasini to‘gʼri rasmiylashtirish tartibini o‘rganadi;

test savollari tuzilishi metodikasini o‘zlashtirib boradi;

test natijasi asosida noto‘gʼri deb topilgan savollar ustida qayta ishlaydi va o‘z bilimini mustahkamlab boradi.

Hurmatli abituriyentlar va bitiruvchi yoshlar!

Siz ham oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik koʼrishni va bilimingizni sinovdan o‘tkazib borishni istaysizmi?

Unda sizga, Bilim va malakalarni baholash agentligining my.dtm.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib repetitsion-diagnostik test topshiriqlariga buyurtma berishingizni tavsiya etamiz.

Vaqt kutib turmaydi…

@bbasirdaryo