Get Mystery Box with random crypto!

“Ulug’bek izdoshlari” olimpiadasi final bosqichi g’oliblari ta | Sardor Bazarbaev

“Ulug’bek izdoshlari olimpiadasi final bosqichi g’oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 1-6-avgust kunlari “Ulug’bek izdoshlari olimpiadasi”ning so‘ngi bosqichi yozgi maktab tarzida tashkil etildi. Mazkur yozgi maktabda ishtirokchilarga 5 kun davomida xalqaro olimpiadalar dasturi bo’yicha darslar va texnoturlar tashkil etildi.

“Ulug‘bek izdoshlari” olimpiadasida jami 100 ga yaqin yoshlar, jumladan 40 nafar ishtirokchi Tojikiston Respublikasidan, 60 nafar ishtirokchi O’zbekiston Respublikasidan ishtirok etdilar. Olimpiadaning final bosqichi 5-avgust kuni matematika va fizika fanidan bo’lib o’tdi.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.