Get Mystery Box with random crypto!

Bᴀхʀɪᴅᴅɪɴоꜰꜰ | Bʟᴏɢ

Telegram kanalining logotibi baxriddinoff_blog — Bᴀхʀɪᴅᴅɪɴоꜰꜰ | Bʟᴏɢ B
Telegram kanalining logotibi baxriddinoff_blog — Bᴀхʀɪᴅᴅɪɴоꜰꜰ | Bʟᴏɢ
Kanal manzili: @baxriddinoff_blog
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 134
Kanalning ta’rifi

Xayollarini haqiqatga aylantirish yoʻlida boʻlgan yigit!
P/S. Kanalga xohlagan payt, xohlagan narsa yoziladi!
Find me: @Baxriddinoff_Minds

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-10 13:18:51"Wednesday" — rekordlar seriali

Odatda kino va seriallarni judayam kam koʻraman. Ular shunchaki vaqtni oʻtkazish uchun bir "dori vositasi" deb bilaman. Lekin bu fikrim qay bir kino yoki serial rekordlarni oʻrnatmaguncha.

Masalan, "Squid Game" ("Kalmar oʻyini") seriali 2 hafta ichida tomoshalar soni boʻyicha barcha translyatsiyalar rekordini oʻrnatdi.

"Intersteller"
kinosi esa koinot haqidagi eng yaxshi filmlar roʻyxatiga kirib, yil xitiga aylanishga ulgurdi.

Endi navbat — "Wednesday"ga. Ushbu serial ham 2 hafta ichida Netflix tarixidagi eng koʻp koʻrilgan ingliz tilidagi TOP 3 seriallar roʻyxatiga kirdi. Yaqinda TOP 1ga chiqsa kerak)

Serial syujeti odamni qiziqtirib qoʻyadi. Boshida "детский" serial boʻlsa kerak, deb taxmin qilgandim. Lekin voqealar ketma-ketligi oʻziga jalb qila oladi.

"Wednesday" mistik, yoshlarning balogʻatga yetish davri, yoshlar orasidagi ajoyib munosabatlar, sovuqqonlik, doʻstlik va dushmanlik haqidagi sarguzasht serial.

P/S. Trendlardan ortda qolmang! Oʻzim ham biroz kechikib koʻrdim bu serialni. Siz ham koʻring, aniq yoqadi.

"Wednesday" yaqinda barcha ijtimoiy tarmoqlarni portlatadi. SMM dizaynlardayam bu serial qahramoni Jenna Ortegadan foydalanishsa ajab emas)

Serial uchun link: http://uzmovi.com/5018-venzdey-wednesdey-uenzdey-adamslar-oilasi-premyera-yangi-serial-barcha-qismlari-uzbek-ozbek-tilida/episode/1.html

#osh_boʻlsin

@Baxriddinoff_Blog
182 viewsEldorjon Baxriddinov, edited  10:18
Ochish/sharhlash
2022-12-08 11:14:58 #sen_umidingni_soʻndirma

Sen umidingni soʻndirma
Boʻlar hammasi yaxshi!
Qizildan soʻng kelar yashil
Ketar omadlar qalashib.

Sen umidingni soʻndirma
Mumkin qalbing nimtalashi!
Butun olam boʻlsin qarshi
Yomonlikni yengar yaxshi!

Sarob guruhi
119 viewsEldorjon Baxriddinov, 08:14
Ochish/sharhlash
2022-12-07 16:10:19
Ayol – avvalo bizning onamiz, opamiz, singlimiz!

Video davomida aytilgan voqealar bizga begona emas. Jamiyatimizda ayollarimizga qanchalik qiyinligi va ularga nisbatan zoʻravonlik tobora normallashib borayotgani — fojiadir!

#AyolAvvaloInson
123 viewsEldorjon Baxriddinov, 13:10
Ochish/sharhlash
2022-12-06 16:09:27
"Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz, toʻla-toʻkis qilib berilur!"

Zumar surasi 10-oyat
116 viewsEldorjon Baxriddinov, 13:09
Ochish/sharhlash
2022-12-05 11:30:13 "Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so’rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko’z ochib yumganchalik fursatga ham o’z nafsimga topshirib qo’yma".
120 viewsEldorjon Baxriddinov, edited  08:30
Ochish/sharhlash
2022-12-03 08:10:11 Esla, Alloh taolo bandalariga: "Noumid boʻlmanglar!" dedi. Yaʼqub alayhissalom farzandlariga: "Umidni uzmanglar!" deb tayinladi. Yusuf alayhissalom birodarlariga: "Hasrat chekmang!" deb aytdi. Shuayb alayhissalom Muso alayhissalomga "Qoʻrqma!" dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam gʻorda doʻstlari Abu Bakrga: "Mahzun boʻlma!" deb aytdilar.

«Qalblardan soʻrang» — Abdulqodir Samarqandiy
141 viewsEldorjon Baxriddinov, edited  05:10
Ochish/sharhlash
2022-11-30 22:40:01
"Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz, toʻla-toʻkis qilib berilur!"

Zumar surasi 10-oyat
149 viewsEldorjon Baxriddinov, 19:40
Ochish/sharhlash
2022-11-30 18:57:59Kuz ketyapti!

Men uchun sevimli boʻlgan kuz fasli oʻz oʻrnini yana bir ajoyib boʻlgan fasl qishga boʻshatib beryapti.

3 oy juda tezlikda oʻtib ketdi. Kimdir niyat qilganlarini barchasiga erisha oldi, kimdir yarimiga erishdi, kimdir esa yana bir faslni oʻtkazdi, xolos.

Kuz oʻzi bilan koʻplab hissiyot, yangiliklar olib kelgan edi. Ana endi, yana boshqacha hissiyotlar bilan yakuniga yetmoqda!

Yomgʻir fasli, hissiyotlar fasli, yangilanish fasli, oʻzgarishlar fasli — kuz ketyapti!

Kuzda amalga oshmagan barcha yaxshi niyatlarimizga qishda yetishni nasib qilsin Allohim.

@Baxriddinoff_Blog
119 viewsEldorjon Baxriddinov, 15:57
Ochish/sharhlash