Get Mystery Box with random crypto!

​'Wednesday' — rekordlar seriali Odatda kino va seriallarni j | Bᴀхʀɪᴅᴅɪɴоꜰꜰ | Bʟᴏɢ

"Wednesday" — rekordlar seriali

Odatda kino va seriallarni judayam kam koʻraman. Ular shunchaki vaqtni oʻtkazish uchun bir "dori vositasi" deb bilaman. Lekin bu fikrim qay bir kino yoki serial rekordlarni oʻrnatmaguncha.

Masalan, "Squid Game" ("Kalmar oʻyini") seriali 2 hafta ichida tomoshalar soni boʻyicha barcha translyatsiyalar rekordini oʻrnatdi.

"Intersteller"
kinosi esa koinot haqidagi eng yaxshi filmlar roʻyxatiga kirib, yil xitiga aylanishga ulgurdi.

Endi navbat — "Wednesday"ga. Ushbu serial ham 2 hafta ichida Netflix tarixidagi eng koʻp koʻrilgan ingliz tilidagi TOP 3 seriallar roʻyxatiga kirdi. Yaqinda TOP 1ga chiqsa kerak)

Serial syujeti odamni qiziqtirib qoʻyadi. Boshida "детский" serial boʻlsa kerak, deb taxmin qilgandim. Lekin voqealar ketma-ketligi oʻziga jalb qila oladi.

"Wednesday" mistik, yoshlarning balogʻatga yetish davri, yoshlar orasidagi ajoyib munosabatlar, sovuqqonlik, doʻstlik va dushmanlik haqidagi sarguzasht serial.

P/S. Trendlardan ortda qolmang! Oʻzim ham biroz kechikib koʻrdim bu serialni. Siz ham koʻring, aniq yoqadi.

"Wednesday" yaqinda barcha ijtimoiy tarmoqlarni portlatadi. SMM dizaynlardayam bu serial qahramoni Jenna Ortegadan foydalanishsa ajab emas)

Serial uchun link: http://uzmovi.com/5018-venzdey-wednesdey-uenzdey-adamslar-oilasi-premyera-yangi-serial-barcha-qismlari-uzbek-ozbek-tilida/episode/1.html

#osh_boʻlsin

@Baxriddinoff_Blog