Get Mystery Box with random crypto!

Respublika 'Barkamol avlod' bolalar maktabi tomonidan yigʻilis | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktorining tashkiliy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda marketing masalalari boʻyicha mas’ul xodimlari bilan ZOOM platformasida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish davomida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida yozgi ta’til davrida toʻgaraklarga oʻquvchilar qamrovini oshirish, targʻibot materiallarini ishlab chiqish va xususiy sektorlarni jalb qilish boʻyicha muhokama qilindi.

Videokonferensiya jarayonida maktab faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.

Mazkur yigʻilishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb etish va mavjud muammolarni bartaraf etishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE