Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor, 2024-yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi t | Bilimni baholash agentligi

Xabaringiz bor, 2024-yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida 2024-yil 8-may kuni geografiya va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun repetitsion test sinovlarini tashkil etishi rejalashtirilgan.

Test sinovlarida https://my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli to‘lov (102 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlar 30-aprel kuni soat 9:00 ga qadar ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ishtirokchilar o‘z natijalarini @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishlari mumkin.

Murojaat uchun:
(95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
@IlmiyMarkazUz