Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi Sohaga oid muammola | Bilimni baholash agentligi

Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 17-arel kuni Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich ishtirokida Xorazm viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube