Get Mystery Box with random crypto!

Har bir inson oʻziga xos missiya bilan yuborilgan Koʻpchilik | Bahodir Mexriddin (Bozorov)

Har bir inson oʻziga xos missiya bilan yuborilgan

Koʻpchilik insonlar oʻz sevgan kasbini topishda qiynaladi.

Yoshligimizda berilgan bu savolni hammamiz eslasak ajab emas.

Kelajakda kim boʻlmoqchisan?

Ammo hozirgi kunda ham bu savolga tayinli javob bera olmaymiz, bu normal holat.

Xoʻsh, unda qanday qilib oʻz missiyamizni aniqlashimiz mumkin?

Diqqat qiling, bu maʼlumotlar Siz qidirayotgan muammolaringizga yechim boʻlishi mumkin.

• Missiyaga tushadigan har qanday ishni sevasiz, lekin har qanday sevadigan ishingiz missiya boʻla olmaydi.

• Missiya berilgan ish zoʻr bajariladi, lekin har qanday zoʻr bajarilgan ish missiya emas.

• Missiyaga tushadigan ish doim oson bajariladi, katta sarf-xarajat qilinmaydi.

• Missiyadagi ish sizga energiya beradi, har qanday vaqtda ham.

• Missiyadagi ish bilan shugʻullanganingizda narx muhim boʻlmaydi.

• Missiyangizdagi ish bilan shugʻullanganingizda Siz natijadan emas, jarayondan rohatlanishni boshlaysiz.

*Eslatma - hozir Siz  ishingizni muhabbatsiz va majburlikdan bajarayotgan boʻlsangiz, uzoqqa bormaysiz!

Bahodir Mehriddin, kopirayter

Post haqidagi bildirilgan har bir fikr, taklif, mulohazalaringizni qadrlayman!

@bahodir_mehriddin