Get Mystery Box with random crypto!

Hammasi shu kuningdan boshlanadi Sen orzularingni miriqib tus | Bahodir Mexriddin (Bozorov)

Hammasi shu kuningdan boshlanadi

Sen orzularingni miriqib tushingda koʻrayotganingda, men shu orzularga erishish uchun tunlarimni bedor oʻtkazayotgan edim.

Albatta, hammasi kutganimizdek boʻldi.

Sen tushlar taʼbirchisiga aylanding, men esa orzularini ushaltiruvchiga!

Shu 3 narsaning farqini bilib ol.

Orzu xayolda, maqsad harakatda, niyat esa qalbda boʻladi.

Har biri doim yangilanib bormasa, eskiradi, muddati oʻzgaradi.

Qilayotgan orzularingdan uyalma.

Har bir qadamingni maqsadli bajar.

Qalbingni poklashni niyatingni yangilashdan boshla.

Hammasi oddiy, buguning bilan yasha!

Bahodir Mehriddin, kopirayter

@bahodir_mehriddin