Get Mystery Box with random crypto!

Gʻaflatdagi doʻstim barchasi Sen uchun Alloh taolo tomonidan | Bahodir Mexriddin (Bozorov)

Gʻaflatdagi doʻstim barchasi Sen uchun

Alloh taolo tomonidan yuborilgan haq din Islomdir.

Shundaymi?

Ha, shunday

Xoʻp, unda nega Sen haq musulmon emassan?

Nega sen hali ham ummat senga muhtojligini tushunmayapsan?

Nega hali ham oʻzingning orzularing bilan sarmastsan-u, boshqalarning dardlari bilan ishing yoʻq?

Nega sen Alloh taoloning bergan evazsiz neʼmatlariga shukr qilmasdan faqat noliyverasan?

Nega oʻliming senga yaqinligini, baribir oʻlishingni  bilasan-u, lekin hali ham gʻaflatdasan?

Nega ota-onang Senga eng yaqin sodiq doʻstligini, bu dunyoda rozi qilishing kerak boʻlgan insonlar orasida eng haqlisi ekanligini bilasan-u, ular seni tushunmayotganligidan noliyverasan?

Nega doʻstlarim faqat ishi tushganida eslaydi deysan-u, ularning senga qilgan yaxshiliklarini unutasan?

Nega gaplashmagan qizing qolmagani-yu, ular bilan boʻlgan ishlarni aytib maqtanasan-u, bir kun shu Seni singling yoki opangga qaytishidan qoʻrqmaysan?

Ha bu nega, negalar shunchalar koʻpki, ularga oʻzi qimmat-u, lekin biz uchun arzon boʻlgan vaqtimiz yetmaydi!

Bahodir Mehriddin, kopirayter

Post haqidagi bildirilgan har bir fikr, taklif, mulohazalaringizni qadrlayman!

@bahodir_mehriddin