Get Mystery Box with random crypto!

Zamon senga boqmasa, Sen zamonga boq Hozir shunday bir zamong | Bahodir Mexriddin (Bozorov)

Zamon senga boqmasa, Sen zamonga boq

Hozir shunday bir zamonga keldikki, xabarlar sekund sayin eskiryapti.

Ixtirolar, kashfiyotlar yangilanib, yaxshilanib boryapti.

Hozirgi avlod agar oʻzini rivojlantirishga intilmasa, faqatgina tilni hamma oʻrganayotgani uchun yoki boshqa maqsadi yoʻqligi uchun oʻrganayotgan boʻlsa, bu ancha xavfli.

Toʻgʻri, til oʻrganish insonning dunyoqarashini shunday kengaytiradiki, keyinchalik oʻzining qobiqda ekanligini anglay boshlagani bir baxt aslida.

Hozir kasbingizga tayanib qolmang, qoʻshimcha zamonaviy kasb oʻrganing (boshqalar oʻrganayotgani uchun emas, albatta).

Agar Siz hozir talaba boʻlsangiz, balki Oʻzbekistonda boʻlsangiz, oʻqishingizdan koʻnglingiz toʻlmayotgan boʻlsa, afsuslanmang, balki bu Siz uchun xayrlidir.

Bahodir Mehriddin, kopirayter

Post haqidagi bildirilgan har bir fikr, taklif, mulohazalaringizni qadrlayman!

@bahodir_mehriddin