Get Mystery Box with random crypto!

Bahar_in

Telegram kanalining logotibi bahar_in — Bahar_in B
Telegram kanalining logotibi bahar_in — Bahar_in
Kanal manzili: @bahar_in
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-08-31 22:28:05 Ba'zida ko'p narsani istab ketamiz. Natijada qo'limizda bor bo'lgan narsalarga shukur qilmay qo'yamiz.
19 views19:28
Ochish/sharhlash
2021-08-22 21:20:49 Hayotdagi missiyangiz nimaligini bilmaysizmi?!

Yashab yuribsiz, lekin nima maqsadga, qanday niyatga intilayotganingizni bilmaysiz va buni o'ylab ko'rish haqida ham mulohaza qilmaysiz .

Ba'zan barini to'xtatib o'ylash kerak: o'zi nimani xohlayman, nima qila olaman va nima qilishim mumkin deya. Ishoning, sezilarli o'zgarishlarga olib boradi.

Dunyoqarashni kengaytirish kerakligi ham muhim hisoblanadi. Buning bir yo'li esa o'zingiz uchun yangi va qiziqarli bo'lgan sohaga kirib ko'rish. Shunda nimalar qilishga qodirligingiz siz uchun ham, o'zgalar uchun ham ayon bo'ladi. Natijada tajribangiz oshadi va maqsadlaringiz yanada aniqlashadi .
16 viewsedited  18:20
Ochish/sharhlash
2021-08-15 18:45:59 Hayotimizni qanday o'tkazish, uning har bir lahzasidan unumli foydalanish faqatgina o'zimizga bog'liq. Shaxsiy rivojlanish uchun esa vaqtni to'g'ri taqsimlash eng muhimi. Vaqt to'g'ri taqsimlanmasa, samarali ishlarga ajratilmasa, o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz maqsadligicha qolib ketadi. Vaqtdan to'g'ri va samarali foydalanishning bir nechta turlari mavjud.

Quyida menga eng yoqqan usul haqida ma'lumot bermoqchiman. Bu Pomodoro texnikasi. To'g'ri, vaqt bo'yicha ko'plab texnikalar, usullar bor, lekin ulardan unumli foydalanish bizga bog'liq. Yuqoridagi usul ham men uchun foyda bergan texnikalardan biri. Har 25 daqiqada 5 minutli dam e'lon qilish usuli. Bu orqali ish unumi o'sadi va sizda yanada ko'p mas'uliyat uyg'otadi. Natijada qilishingiz kerak bo'lgan to do listlaringiz o'z-o'zidan bajarila boshlanadi hamda o'zingiz bo'lgan ishonch oshadi, maqsadingizga bir qadam yaqinlashib borasiz.

Shubhasiz, vaqtni to'g'ri taqsimlash bo'yicha texnikalar ko'p, ulardan foydalanish esa bizning tanlovimiz.
18 viewsedited  15:45
Ochish/sharhlash