Get Mystery Box with random crypto!

Bahar_in

Telegram kanalining logotibi bahar_in — Bahar_in B
Telegram kanalining logotibi bahar_in — Bahar_in
Kanal manzili: @bahar_in
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-01-27 19:15:37 "Odam bo'lish qiyin" asariga yozgan reviewim

https://telegra.ph/Olim-bolish-oson-odam-bolish-qiyin-07-14-3
11 views16:15
Ochish/sharhlash
2022-01-27 19:15:37 #review

Anchadan beri o'qishi rejalashtirilgan, lekin hafsala qilinmagan, sinfdoshim tomonidan tavsiya etilgan asar O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" romani.

Asarga tanlangan nom insonni qiziqtirib qo'yadi. To'g'ri, odam bo'lish bu dunyoda qiyinligini hamma biladi. Asar muallifi esa uning hayotdagi yaqqol dalilini kutilmagan holatlar vositasida ko'rsatib bergan.

Asar Abdullaning qishloqqa tashrifi bilan boshlanadi. Oldingi tashriflardan bu galgisi farq qiladi va uning hayotida tub burilish yasaydi. Avvaldan tanish bo'lgan Gulchehra bilan yanada yaqin munosabatda bo'ladi va natijada ahdlashishgacha borishadi. Shu holatdan keyin kutilmagan, insonni hayratga soladigan voqealar sodir bo'ladi. Abdullaning Sayyora bilan tanishuvi, u bilan chet davlatda o'qish imkoniyati, hissiyotidagi o'zgarishlar va o'zi sezmagan holatda boshqacha fikrlay boshlashi.

Oldinlari Gulchehradan intiqib kutadigan maktublariga endilikda e'tiborsiz bir parcha qog'ozdek qarashi, unga soviqqonlik munosabatda bo'lishlari mahorat bilan tasvirlangan. Uning oldida ikki xil yo'l bor edi :
1. Sevgisini tanlab, qiyinchiliklar bilan yuqori cho'qqiga chiqish
2. Sayyora bilan bo'lib, osonlikcha doktor, akademik unvonlarini olish, martabali joyda ishlash.

To'g'ri, unga ham tanlov qilish birmuncha qiyin bo'lgan , lekin katta shahar unga o'z ta'siri o'tkazmay qo'ymagan. Shuni natijasida o'zi xayoliga ham keltirmagan voqea- Gulchehraning o'limi sodir bo'ldi.

Asar yakunlanishi aniq tugatilmagan, ammo Abdullaga endi yashash oson emasligi turgan gap. Hamda yozuvchi tomonidan bir umrlik vijdon azobida yashab qolishga mahkum etildi

Asardan bildimki, nimaiki bo'lsa, yaxshilik tomonda bo'lish darkor, qilinayotgan qarorga va amallarga e'tiborli bo'lishni o'rgatdi. Birgina harakat butun hayotni o'zgarishga qodirligiga yana bir bor amin bo'ldim.
10 viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-01-27 19:15:37 "Imomning maneken qizi" asariga yozgan reviewim.

https://telegra.ph/Bu-dunyoni-faqatgina-Islom-qutqaradi-05-30-2
10 views16:15
Ochish/sharhlash
2022-01-27 19:15:37 #review

Ko'plab tavsiyalarga binoan Omina Shenliko'g'lining dunyoga mashhur "Imomning maneken qizi" asarini o'qiy boshladim.

Asar boshlanishidagi jumladanoq e'tiborimni tortdi, ya'ni yoshlik - keksalikning ko'zgusidir. Jumlani qayta-qayta o'qidim va quyidagicha fikr yuritdim hozirda nimalar bilan bandligimiz, kimlar bilan do'stligimiz va qanday o'zimizni tutishimiz kelajagimizni belgilaydi. Hozirda dinga munosabatimiz qanday bo'lsa, keyinchalik ham shunchaligicha qoladi. Asar boshlanishidan o'ylantirib qo'yarkan kishini.

Asardagi bo'lyapgan har bir voqealar, Fotimaning otasiga bo'lgan munosabati meni chuqur o'ylantiryapti. O'z-o'zimga savol beryapman: Men ham kimlargadir shunday munosabatda bo'lmadimmikin deya. Kimlardir menga yordam qo'lini cho'zsa, menga mehribonlik bilan vaziyatni tushuntirsa, noto'g'ri yo'ldaligimni asta-sekin tushuntirmoqchi bo'lsa-yu, men aksincha javob bermadimmikan.

Bundan tashqari, din qo'rqitib emas, balki sevdirib o'rgatish lozimligi asarning tub ma'nosidir.

Shunday bo'lishi kerakki, Fotima kabi xatolarimizni o'zimiz anglashimiz va to'g'irlashimiz darkor. Natijada o'zimizga kerakli xulosa chiqara bo'lamiz.

Atrofimizdagi insonlar bizning kimligimizni bildiradi. Bu orqali asar yonimizdagi insonlarga e'tiborli bo'lishga undayapti. E'tiborsizligimiz bizni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. Ularning ta'siri ayni paytda sezilmas, lekin asta-asta bizni dunyoga qarashimizni, hattoki e'tiqodimizni o'zgartira oladi.

Asar so'ngida bildimki, hech bir ishni qilishga kech emas. Hechdan ko'ra kech yaxshi.
9 viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-01-27 19:15:37 #Bismillah

Ushbu sahifamda o'qib bo'lgan kitoblarimning suratlarini va parchalar joylab boraman


Bu sayfada okuduğum kitaplardan resim ve alıntılar yayınlayacağım


في هذه الصفحة سوف أنشر صورًا ومقتطفات من الكتب التي قرأتها
9 views16:15
Ochish/sharhlash
2021-12-20 21:27:02 Kutmang!
Ishonmang!
Jim bo'ling!
11 viewsedited  18:27
Ochish/sharhlash
2021-11-29 17:47:05 Insonlardan nimadir kutmang!

Nimadirga erishmoqchimisiz? Unda harakatni boshlang. Avvalo, yaxshi niyat qiling va shu xohishlaringizni bir yerga muhrlab qo'ying. Ishoningki, kun kelib amalga oshganiga hayron qolasiz (sinalgan)

Ayni yil sarhisobi yaqinlashmoqda. Nimalar qilishga ulgurdingiz?)
13 views14:47
Ochish/sharhlash
2021-09-21 21:46:27 Shuni anglab yetdimki, qanday bo'lishidan qat'iy nazar kitob o'qilsa, u sizni fikrlashga, yangi fikr va g'oyalarning tug'ilishiga, sizni ijodkorlikka undarkan.

Shaxsan o'zim kitob o'qimay qolsam, hattoki yozishga umuman so'z topolmay qolaman. Lekin kitob o'qishni doimiy yo'lga qo'ysam, bu samarali natijaga yetaklaydi.
26 viewsedited  18:46
Ochish/sharhlash
2021-09-08 21:25:25 Ba'zida qo'lingizdan hech narsa kelmaydiganday o'y-xayollar miyangizda davomli aylanadimi?

Bu holat deyarli hammada uchrashi tabiiy va bunga normal holat sifatida qaralishi lozim.

Vaziyatdan chiqishning bir yo'li shu kayfiyatni keltirib chiqargan muammoni topish va uni o'zingiz bilan kelishgan holda tahlil qilishdir. Natijada o'zingiz bilan yaxshiroq tanishib borasiz.

O'zingizdan kuchlilar davrasida bo'lish sizni har tomonlama rivojlantiradi. Bu orqali o'zingizdan motivatsiya(turtki) topishni o'rgana borasiz.

Shunday paytda o'zingizga qaytish uchun, yana harakatga tushish uchun nima qilasiz?
23 views18:25
Ochish/sharhlash
2021-09-07 22:42:49 Unutamiz, hamma kabi inson ekanligimizni sekin asta unuta boryapmiz.

Insonlar shunchalik bag'ritosh bo'lib boryaptiki, hatto qilayotgan ishlari o'zimga yoki farzandimga qaytsa-chi deya o'ylashmaydi. Faqatgina mol-mulk, boylik ortidan yurishadi, balki yugurishadi. Ba'zan shu mablag' topayotganda boshqa insonlar ko'ngliga tegib ham qo'yishadi, ammo bunga zarracha e'tibor bermay daromad topishni davom etishadi.

Odamiylik qayoqda qolyapti, hayron qolasan kishi!

To'g'ri, menda ham shunday holatlar bo'lar, o'zimga sezilmas, lekin buni to'g'irlash imkoni bor. Ammo yoshi katta insonlar-chi? Ular buni qanday anglashsin?
22 viewsedited  19:42
Ochish/sharhlash