Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investi | Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent shahridagi “O'zsanoatqurilishbank” ATBga tashrif buyurib, ushbu moliya muassasasining joriy faoliyati va rivojlanish rejalari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida Bank rahbariyati taqdim etilayotgan xizmatlar, jalb qilingan kredit liniyalari, moliyalashtirilgan loyihalar, xorijiy hamkorlar, bankni transformatsiyalash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ushbu moliya instituti qoshida tashkil etilgan o'quv va IT-markazlar to'g'risida taqdimot o'tkazildi.

Uchrashuv yakunida "O'zsanoatqurilishbank" mas'ul rahbarlariga xizmatlarni yanada rivojlantirish va sifatini oshirish bo'yicha tegishli topshiriqlar va tavsiyalar berildi.