Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 28-avgust kuni Kompromatuzb telegram kanalida To | Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov

Joriy yilning 28-avgust kuni Kompromatuzb telegram kanalida Toshkent shahri Yunusobod tumani “King Plaza” mehmonxonasi oldiga joylashtirilgan Oʻzsanoatqurilishbankka tegishli bankomatlar ishlamayotganligi haqida post chop etilgan.

Aniqlanishicha, “Yunusobod” bank xizmatlari markaziga qarashli 2 dona bankomat ishchi holatida boʻlib, ular mehmonxona oldiga boshqa joydan koʻchirib olib borilgan.

Bank qurilmalarini ishga tushirish tartibiga koʻra, bankomatlarni yangi joyga oʻrnatib, ish holatiga keltirish bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi.

Shunga binoan “King Plaza” mehmonxonasi oldiga joylashtirilgan Oʻzsanoatqurilishbankka tegishli bankomatlar uchun maxsus budka yasash, zarur xavfsizlik jihozlari bilan taʼminlash ishlari yakunlanmaganligi sababli bankomatlar vaqtinchalik ishga tushirilmay turganini ma’lum qilamiz.

Bank Axborot xizmati