Get Mystery Box with random crypto!

TO'YGA TO'YONA BILAN! Davlatimiz mustaqilligining 31 yillig | Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov

TO'YGA TO'YONA BILAN!

Davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida SQBning moliyaviy ko'magi bilan Toshkent viloyatida yangi zavod ishga tushirildi.

Angren erkin Iqtisodiy zonasida joylashgan "Central Asia Chemical" korxonasi kir yuvish kukuni, tozalash ashyolari hamda LABSA va SLES kimyoviy vositalarini ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona zavod hisoblanadi.

Unda yiliga 60,5 ming tonna, jahon standartlariga to'liq mos keluvchi, 100% import o'rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Korxona SQBning kredit mablag'lari hisobiga Italiyaning eng so'nggi uskunalari bilan jihozlangan.

Bundan tashqari mahaliy 100 nafar aholining bandligi ta'minlanib, tayyor mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.