Get Mystery Box with random crypto!

Sayohatnoma

Telegram kanalining logotibi azizmalikovs — Sayohatnoma S
Telegram kanalining logotibi azizmalikovs — Sayohatnoma
Kanal manzili: @azizmalikovs
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64
Kanalning ta’rifi

"Rabbimiz bizlarni bu dunyoga yuborishi, sinovlarga duchor qilishining eng muhim hikmati yaxshilikka bo'lgan munosabatimizning aniqlashidir".
Adem O'zbay - "Ishqparast"

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-05 16:51:16
Har kimki nasihat istasa, o'lim u uchun kifoya...


@azizmalikovs
316 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:27:30 Эшиттиларми қизларга янги сарпо чиқибди

Тезда шуни маҳаллага оммалаштириб юборайлик. Сарпога илм, билим ва тарбия беришаётган эмиш.

Сарпосида бу нарсалари бор қизлар бахтли экан, фарзандларига яхши тарбия, яхши билим бериб миллатни шакллантиришаркан.

Сарпосида шу нарсалари бор қизларни ажримлари ҳам кам эмиш. Чунки ундай қизлар ўзига умр йўлдош танлашда ўзига мосини, ўзи каби билимли, ўқимишли тушунадиган эрларни танлашармуш.

Маҳалладаги хотинларга етқазинг, тез борибб қизларига шундай сарполар қилишсин.

@nurbekalimov
955 views11:27
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:22:24 Ozgina vaqt ajratib eshitib ko'ring! Achinasiz, ko'rganingizga emas, ertaroq ko'rmaganingizga...





@azizmalikovs
314 views05:22
Ochish/sharhlash
2022-07-04 00:02:41 ​Post orqasidan post yozish yaxshi emas lekin chidab turolmadim.

"Sevgi halol"

Berlindagi ibn Rashid-Gyote Masjidi devorlariga LGBTQ+ bayroqlari osilibdi. Oʻqishim bilanoq muzladim. Islom masjidida? Aholi qo'llamoqda?

"Islom bagʻrikenglik dini, insonni irqi va jinsidan qat'iy nazar teng koʻradi. Qolgan dinlar ham o'rnak olishi kerak",-degan gaplar bilan bu ishni qoʻllab quvvatlayotganlar soni ortmoqda. Toʻgʻri, jumladan xato izlamayman. Lekin men faqat insonning va deyarli barcha hayvonlaring ikkita jinsini bilaman: erkak va ayol (erkak va urgʻochi-hayvonlar uchun). Qolganini oʻzingiz tushunarsiz...

Bunday bayroqlar osilishiga va aholi tomonidan stikerlar yopishtirilishini ikki sababi boʻlishi mumkin:
1. Masjid homiylari shunga majbur qilgan.
2. Anti-islomchilar Islomni yomon koʻrsatish uchun shunday qilishmoqda.

Ikki sabab ham bunday daxshatni qilishga sabab bo'la olmaydi, shaxsan men uchun.

Bu hammasi emas. Bu masjid erkaklar va ayollar birga namoz oʻqishiga ruhsat ham beribdi. Dinimizda bu ishni qilgan yagona masjid. Aqlga sig'maydi.

Men oʻqigan maqolani oxiriga hursand boʻlib qoʻshib qoʻyilgan gap:
"Seyran Ates ushbu masjidda va Germaniyadagi yagona ayol imom hisoblanadi. Eng birinchi ayol imom esa Fransiyalik Kahina Bahloul boʻlgan."
Tushunyapsizmi ayol imom??? Erkaklar va ayollarni birgalikdagi namozida???

Men hazm qilolmayman. Yuqoridagi "Sevgi halol" soʻzi shu masjid ishini maʼqullab yozilgan maqola sarlavhasi.
Birgina gap bilan toʻgʻrilash mumkin:
"Sevgi bu sevgi. Jahannam bu jahannam"

Men qayerdagi erkaklarni sevuvchi erkaklar, erkakka aylangan ayol, ayolga aylangan erkak va boshqalar Islomda boʻlib, oʻzini ishlarini qilishiga qarshiman.
Siz nima deysiz? Jim oʻtirishimiz kerakmi?

@azizmalikovs
367 views21:02
Ochish/sharhlash
2022-07-03 23:20:42 Ishxonada berilgan task orqali 18-40 yoshlar orasidagi odamlar kuzatadigan telegram kanallarni oʻrgandim va oʻrganishda davom etyapman (erkak va ayollar alohida boʻlgani uchun). Kunuz, Xushnudbek, FutbolTv kanallari foydaliligini bilamiz, lekin qolganlari toʻgʻrisi bunchalik boʻlishini kutmagandim. Eng zoʻr foydali, ilm o'rgatadigan yoki informatsion kanallar 50-60ming auditoriyaga ega boʻlsa, qayerdagi Tik Tokdan bo'magan videolarni qoʻyib 300-400ming bekorchilarni yigʻib olgani achinarli hol. Hazil-latifa, koʻngilni koʻtarish boshqa, maʼnosiz va uyatsiz hazillarni (hazil deb boʻlsa agar) qoʻyish boshqa.

Mayli bunday blog-kanallarga oʻzi hohlab qoʻshilishi mumkin, hech kim majburlamaydi. Lekin oʻzbek auditoriyasi kanallarining 90% da 18+ reklama tiqilib yotibdi. Pul desa vijdonniyam qoʻshib sotvoradigan va bemaza kontent bilan odamlarni zaharlaydiganlar shunchalik ko'pki, hali beri yengish qiyindek. Sababi ularga foyda boʻlsa yetarli, halolmi harommi, muhimi "Bismillah" bilan qutulib ketadiganday.
Qoraqalpoq misolida ham bundaylarni koʻrishimiz mumkin. Provakatsiya orqali odamlar faktchek qilmasdan qardoshlarni ayblamoqda.
Shundaylarga bir gapim: "Farzandlarni o'ylang. Faqat oʻzingiznikini emas. Boshqa bilan nima ishim bor demang, farzandingiz butun umr yolgʻiz oʻtmaydi. Atrofidagilarning har xil soʻziga uchishi mumkin, xuddi siz uchiryotganday..."

@azizmalikovs
210 views20:20
Ochish/sharhlash
2022-07-03 22:51:10 Qoʻshiqlarni qalb bilan tinglab, tushunish kerak aslida, lekin mana eshiting. Aql bilan eshitiladigan treklar ham bor. Muhimi soʻzlariga e'tibor berish.

@azizmalikovs
188 views19:51
Ochish/sharhlash
2022-07-02 20:05:04
Ismida 3 ta "A" Harfi Bor Insonga PUL BERDIM

Isom akani juda hurmat qilaman. Oʻzbek YouTube kontentida sanoqli oʻziga hos blogerlardan biri. Ayniqsa oxirgi videolari trendga chiqmoqda.

Bu video 2 oycha oldin olingan. Isomtv endi joylabdi. Toʻgʻrisi esimda ham yoʻq edi. Futboldan chiqibla koʻrdim, onam tashagan ekanlar. Hamma charchoq chiqib ketmadi-yu lekin ancha hursand qildi.

Isomtv ga rahmat!

@azizmalikovs
181 views17:05
Ochish/sharhlash
2022-07-02 10:40:05
Avazbek Alimov - Strangers in the night (cover)

Chet-tilida qo'shiq aytishimizga qarshi emasman. Qaytanga yaxshi-ku, o'zimizni ko'rsatamiz. Menga o'xshagan negativlar har doim topilgan va topiladiyam Yosh o'tgandan keyin nafaqat talaffuz balki o'sha tilni o'zini o'rganish ham mushkul. Yigirmaga kirmasdan o'zimda sezyapman-u, kimsan Avaz Olimovda bo'lmaydimi Qo'shiqqa gap yo'q. G'irt "o'zbekcha" tarona bo'pti o'ziyam

"Uch oyda IELTS 8.5" -Marketing effekti Sizlar ishlamidi degandila

Maslahatim ingliz tilini endi boshlaganlar shunaqa qo'shiqlardan o'rganing, ancha oson bo'ladi
PS: hazillashmadim lekin

@azizmalikovs
168 views07:40
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:48:46
Keling tanish-bilishamiz!

Muhammadaziz - XXI asr boshlaridan keng tarqalgan ism va shu ism orqali tanilayotgan insonlardan biri menman. Oddiy hayotini noodatiy tarzda yangidek qilishga harakat qilayotgan farzand, do'st, aka va talabaman. "Universe"da tashkilotchi? Volontyor? Kursdosh? Meni qanday holda, qanday kunda eslab qolgansiz menga "oydin" tunday noaniq. Ammo, bugundan boshlab shaxsan meni qanday tanishingiz muhim deb hisoblaymiz. Ushbu blog noodatiyligi bilan ajralib turishi uchun ham maksimal darajada ajoyib va unumli yuritamiz... Har qanday taklif va fikrlarni yuksalish uchun qadam sifatida ko'raman va barchangizdan kutib qolaman. Siz uchun kerakli ma'lumotlarni berib borish mening maqsadim bo'ldi, sizdan foydalanish qoldi..)

Siz ham oʻzingizni tanishtiring, tanish-bilish qilamiz

Siz uchun yangiliklar juda koʻp va tez kunda bittasini amalga oshiramiz. Siz kitob oʻqishga qiziqsangiz, demak bu albatta siz uchun boʻladi!

@azizmalikovs
163 views05:48
Ochish/sharhlash
2022-07-02 00:28:24
Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Bismillahir rohmaniyr rohiym.

Nima uchun bu kanalni ochdim?
-Juda koʻplab fikr-qarashlarni o'qidim, eshitdim. Shaxsiy blog emas, koʻproq kundalik va informatsion sahifa qilishga, hech kimga qiziq boʻlmagan taqdirda ham oʻzimga nimadirlarni (aslida bir soatlik hayotni) eslatib turishi uchun ochdim.

Hammani oʻzini blogi-kanali bor. Meniki qay jihatdan farq qiladi?
-Hammaniki o'ziga, oy ko'rinar ko'ziga. Bu kanal kimdirnikidan farq qilishi yoki qaysidur biriga o'xshashi shart emas, shuning oʻzi uni "unique" qilib turadi,-deb o'ylayman.

Qaysi yo'nalishda postlar bo'ladi?
-O'zim ham bilmayman. Qaysi postni foydaliroq deb topsam o'shanisi birinchi qo'yiladi.

Sizda qandaydir savollar bo'lsa, marhamat, kanalga oid yoki shaxsiy. Barchasiga javob berishga harakat qilaman!

@azizmalikovs
130 views21:28
Ochish/sharhlash