Get Mystery Box with random crypto!

Ishxonada berilgan task orqali 18-40 yoshlar orasidagi odamlar | Sayohatnoma

Ishxonada berilgan task orqali 18-40 yoshlar orasidagi odamlar kuzatadigan telegram kanallarni oʻrgandim va oʻrganishda davom etyapman (erkak va ayollar alohida boʻlgani uchun). Kunuz, Xushnudbek, FutbolTv kanallari foydaliligini bilamiz, lekin qolganlari toʻgʻrisi bunchalik boʻlishini kutmagandim. Eng zoʻr foydali, ilm o'rgatadigan yoki informatsion kanallar 50-60ming auditoriyaga ega boʻlsa, qayerdagi Tik Tokdan bo'magan videolarni qoʻyib 300-400ming bekorchilarni yigʻib olgani achinarli hol. Hazil-latifa, koʻngilni koʻtarish boshqa, maʼnosiz va uyatsiz hazillarni (hazil deb boʻlsa agar) qoʻyish boshqa.

Mayli bunday blog-kanallarga oʻzi hohlab qoʻshilishi mumkin, hech kim majburlamaydi. Lekin oʻzbek auditoriyasi kanallarining 90% da 18+ reklama tiqilib yotibdi. Pul desa vijdonniyam qoʻshib sotvoradigan va bemaza kontent bilan odamlarni zaharlaydiganlar shunchalik ko'pki, hali beri yengish qiyindek. Sababi ularga foyda boʻlsa yetarli, halolmi harommi, muhimi "Bismillah" bilan qutulib ketadiganday.
Qoraqalpoq misolida ham bundaylarni koʻrishimiz mumkin. Provakatsiya orqali odamlar faktchek qilmasdan qardoshlarni ayblamoqda.
Shundaylarga bir gapim: "Farzandlarni o'ylang. Faqat oʻzingiznikini emas. Boshqa bilan nima ishim bor demang, farzandingiz butun umr yolgʻiz oʻtmaydi. Atrofidagilarning har xil soʻziga uchishi mumkin, xuddi siz uchiryotganday..."

@azizmalikovs