Get Mystery Box with random crypto!

Keling tanish-bilishamiz! Muhammadaziz - XXI asr boshlaridan | Sayohatnoma

Keling tanish-bilishamiz!

Muhammadaziz - XXI asr boshlaridan keng tarqalgan ism va shu ism orqali tanilayotgan insonlardan biri menman. Oddiy hayotini noodatiy tarzda yangidek qilishga harakat qilayotgan farzand, do'st, aka va talabaman. "Universe"da tashkilotchi? Volontyor? Kursdosh? Meni qanday holda, qanday kunda eslab qolgansiz menga "oydin" tunday noaniq. Ammo, bugundan boshlab shaxsan meni qanday tanishingiz muhim deb hisoblaymiz. Ushbu blog noodatiyligi bilan ajralib turishi uchun ham maksimal darajada ajoyib va unumli yuritamiz... Har qanday taklif va fikrlarni yuksalish uchun qadam sifatida ko'raman va barchangizdan kutib qolaman. Siz uchun kerakli ma'lumotlarni berib borish mening maqsadim bo'ldi, sizdan foydalanish qoldi..)

Siz ham oʻzingizni tanishtiring, tanish-bilish qilamiz

Siz uchun yangiliklar juda koʻp va tez kunda bittasini amalga oshiramiz. Siz kitob oʻqishga qiziqsangiz, demak bu albatta siz uchun boʻladi!

@azizmalikovs