Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari t | Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.

Xususan, izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II - eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.

Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X