Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘shimcha axborot! Xabar berilganidek, viloyatimiz aholisi v | Surxondaryo viloyati hokimligi

Qo‘shimcha axborot!

Xabar berilganidek, viloyatimiz aholisi va sanoat tarmoqlariga tabiiy gaz yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida "Sho‘rtan-Sherobod" MGQ 2-tarmog‘ida yangi qurilgan 10,9 km magistral gaz quvurini 1-tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon qo‘shimcha vaqt talab qilganligi sababli tarmoqlardagi modernizatsiya ishlarini davom ettirish uchun Bandixon, Qumqoʻrgʻon, va Sherobod tumanlaridagi barcha iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish olovli ishlar yakunlangunga qadar to‘xtatildi.

Iste’molchilardan yana bir bor noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda mazkur ishlar aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotganligi eslatib o‘tamiz.

Modernizatsiya ishlari yakunlangach ushbu hududlar iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X