Get Mystery Box with random crypto!

Termiz, Angor va Qiziriq tumanlari fermerlari respublikada bir | Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz, Angor va Qiziriq tumanlari fermerlari respublikada birinchilardan bo‘lishdi

Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi boshlangan ilk kunlardan boshlab hududlarda fermer xo‘jaliklari mo‘l hosil olib, o‘z oldilariga qo‘ygan hirmon marralarini zabt etishmoqda.

Xususan, Termiz tumanidagi “Ayritom sardori” fermer xo‘jaligi, Angor tumanidagi “Umid Shoh Angor” fermer xo‘jaligi va Qiziriq tumanidagi “Gold asl chorva” fermer xo‘jaligi dalalarida o‘rim boshlangan birinchi kundan belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi.

Ma’lumot uchun, vohamizda 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilgan va ularga 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X