Get Mystery Box with random crypto!

Avto Test

Telegram kanalining logotibi avto_testlar — Avto Test A
Telegram kanalining logotibi avto_testlar — Avto Test
Kanal manzili: @avto_testlar
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.57K
Kanalning ta’rifi

Avto Test kanali fuqarolarining Yo'l harakati qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlash va yangiliklar yoritib boriladi!
Reklama: @ReklamaAvtoTest
Moderator: @avto_support |
Telegram • https://t.me/Avto_Testlar

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-02-21 09:01:00 ​​Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
Yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo‘lishi shart. Ular o‘zlariga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Ushbu imtiyozdan tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalarining haydovchilari ham foydalanadilar.
Kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan bo‘lishi shart.
Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo‘l berishlari shart.

Yoqilgan zarg‘aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.
Avto Test
3.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-02-17 20:08:48 Haydovchi qanday sabablarga ko'ra haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin?

Quyida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining qoidalarini buzganlik uchun ko‘pincha haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladigan moddalari keltirilgan:

– 125¹-modda "Yuklarni tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish" (2-qism);
– 128⁴-modda "Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi" (3-qism);
– 128⁵-modda "Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi" (3-qism);
– 130-modda "Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo'l kesishmalaridan o'tish qoidalarini buzish" (2-qism);
– 131-modda "Transport vositalarini mast holda boshqarish" (1-3-qismlar);
– 137-modda "Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish".

Boshqa moddalar haqida batafsil ma’lumotlarni lex.uz saytidan topishingiz mumkin.

Avto Test
2.3K viewsedited  17:08
Ochish/sharhlash
2023-02-17 12:21:04 ​​Shatakka olib harakatlanishingiz
mumkin:
#test | Avto Test
3.5K views09:21
Ochish/sharhlash
2023-02-14 08:47:08 ​​Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi?
#test | Avto Test
2.8K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-02-12 11:34:59 ​​Chorrahada qaysi avtomobil yo'l berishi lozim?
#test | Avto Test
2.8K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-02-11 18:01:46
#DIQQAT #TEST
IMTIHON MARKAZIDA TUSHGAN SAVOL???
SIZ TO'G'RI JAVOB BERA OLASIZMI???

Kim chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi?
1.5K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-02-08 12:14:54
Elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun oʻrnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undirilishi belgilangan:

1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Maʼlumot uchun: Ishonchnomalarni my.gov.uz orqali elektron rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyilgan.

Avto Test
2.9K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-02-07 06:53:46
2022-yil davomida respublikamiz hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining tahlili

Avto Test
2.5K viewsedited  03:53
Ochish/sharhlash
2023-02-06 09:37:48 ​​Navbat bilan yalt-yalt etib turuvchi ikkita qizil yoritgichlar quyidagi ma'noga ega:
(1)Harakatni taqiqlaydi
(2)Boshqa haydovchilarga qatnov qismiga maxsus transport vositalarining o'tganligini xabar qiladi
(3)Alohida ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga ruxsat
#test | Avto Test
4.3K views06:37
Ochish/sharhlash
2023-02-05 07:28:20
Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.

Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

- yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;
- toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda;
- fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda;
- shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);
- «Bolalar guruhini tashish» taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.

Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.
Avto Test
2.7K views04:28
Ochish/sharhlash